Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda yangi shahar sobiq prezident sharafiga nomlandi
Turkmanistonda Ahal viloyatining yangi ma’muriy markazi shahar maqomini oldi va Arkadag deb nomlandi.
Bu haqda Turkmaniston hukumati majlisida Milliy Gengesh parlamenti raisi Gulshot Mammedova ma’lum qildi. Uning aniqlik kiritishicha, qaror qabul qilishda barcha viloyatlar aholisining xohish-istaklari, jamoat tashkilotlarining takliflari inobatga olingan.
Arkadag (Orqatog‘, homiy) - Turkmanistonning ikkinchi prezidenti va hozirgi davlat rahbari Serdar Berdimuhamedovning otasi Gurbanguli Berdimuhamedovning unvoni hisoblanadi. Yangi shaharga nom tanlash birinchi prezident Saparmurod Niyozov (unvoni - Turkmanboshi) vafot etgan kuni e’lon qilindi.
Avvalroq, Turkmanistonda Saparmurod Niyozov va uning onasi Gurbansulton ejye sharafiga nomlangan bir necha shahar va qishloqlar nomi o‘zgartirilgan edi.
Ahal - Turkmanistonning beshta viloyatidan biri bo‘lib, mamlakatning markaziy va janubiy qismlarini egallaydi.
Taxminan 70 ming kishi istiqomat qiladigan yangi ma’muriy markaz Ashxoboddan 30 km janubi-g‘arbda joylashgan 950 gektar maydonda qurilmoqda. Mega-loyihani amalga oshirish 2019 yilda boshlangan.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025