Xitoyning Xiaomi kompaniyasi inqiroz ko‘chasiga kirdi
Xitoyning Xiaomi texnologik kompaniyasi xodimlarni ommaviy ravishda ishdan bo‘shatishni boshladi, u xarajatlarni kamaytirish maqsadida xodimlarining 10 foizini qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Xiaomi global inflatsiya, Xitoyning COVID-19 epidemiyasi bilan kurashi, shuningdek, smartfonlarga bo‘lgan talabning pasayishi fonida bu qadamni qo‘yishga majbur. Kompaniyada daromad va foydaning pasayishi ketma-ket uchinchi chorakda qayd etilmoqda.
Ishdan bo‘shatishlar bir nechta bo‘limlarga, jumladan, smartfonlar biznesiga ta’sir qiladi. Kompaniya xodimlari 2022 yil 30 sentabr holatiga ko‘ra 35 mingdan ortiq kishini tashkil etdi.
Qayd etilishicha, global smartfon bozori 2014 yildan beri eng yomon uchinchi chorakni boshdan kechirdi. Canalys bozor tadqiqoti kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, sentabrda yakunlangan uch oy ichida global smartfon yetkazib berish to‘qqiz foizga kamaydi va bu pasayish 2022 yil davomida kuzatildi. Tahlilchilarning fikricha, talabning pasayish tendensiyasi yana 9 oy davom etadi.
Mavzuga oid
11:28
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:48 / 18.09.2024
Xiaomi smartfon ishlab chiqarish bo‘yicha Apple kompaniyasini ortda qoldirdi
22:55 / 29.03.2024
Dunyoda 5.5G standartini qo‘llab-quvvatlaydigan birinchi smartfon paydo bo‘ldi
22:01 / 28.03.2024