O‘zbekiston | 00:34 / 24.12.2022
73415
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda vazirliklar soni qisqartirilmoqda. Moliya va iqtisodiyot vazirliklari qo‘shildi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmoni imzolandi.

Farmonga ko‘ra, Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi kengashining Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarining birinchi bosqichi doirasida 2023 yil 1 yanvardan boshlab mustaqil faoliyat yurituvchi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining sonini 61 tadan 28 tagacha, shu jumladan vazirliklar sonini 25 tadan 21 tagacha qisqartirish bo‘yicha taklifi ma’qullangan.

Jumladan, iqtisodiyot va moliya, maktabgacha ta’lim va xalq ta’limi vazirliklari, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi, oliy ta’lim va innovatsiyalar, shuningdek madaniyat va turizm vazirliklari birlashtirib yuborilgan.

2023 yil 1 yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasi tizimini quyidagi vazirliklar tashkil etadi:

  1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi;
  2. Iqtisodiyot va moliya vazirligi;
  3. Tog‘-kon va geologiya vazirligi;
  4. Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi;
  5. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi;
  6. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi;
  7. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi;
  8. Tabiat resurslari vazirligi;
  9. Yoshlar siyosati va sport vazirligi;
  10. Qishloq xo‘jaligi vazirligi;
  11. Suv xo‘jaligi vazirligi;
  12. Energetika vazirligi;
  13. Transport vazirligi;
  14. Adliya vazirligi;
  15. Raqamli texnologiyalar vazirligi;
  16. Madaniyat va turizm vazirligi;
  17. Mudofaa vazirligi;
  18. Sog‘liqni saqlash vazirligi;
  19. Tashqi ishlar vazirligi;
  20. Ichki ishlar vazirligi;
  21. Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Mavzuga oid