Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryodagi shifoxonada portlash sodir bo‘ldi
Hodisa oqibatida ikki kishi tan jarohatlari olgan. Shifoxonaning ikkinchi qavati mutlaqo yaroqsiz holga kelgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida joylashgan salomatlikni tiklash shifoxonasida portlash sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat IIB axborot xizmati holatni tasdiqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2022 yil 24 dekabr kuni tongda Qarshi shahar Ravoq mahallasida joylashgan viloyat SSVga qarashli shifoxonaning ikkinchi qavatidagi xonalardan birida gaz bosimi ortib ketgan va portlash sodir bo‘lgan.
Oqibatda, ikki nafar fuqaro tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, binoning ikkinchi qavati mutlaqo yaroqsiz holga kelgan.
Hodisa haqida 24 dekabr soat 7:00 larda Qarshi shahar IIO FMB 4-sonli IIB navbatchilik qismiga xabar berilgan.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
15:16 / 14.05.2025
Davlat shifoxonalaridagi pulli xizmatlar qimmatlashadi
20:56 / 11.05.2025