SSP tomonidan tadbirkorlar va tijorat banklari o‘rtasidagi muammolarga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi
Savdo-sanoat palatasida tadbirkorlar, Markaziy bank va tijorat banklari mas’ullari ishtirokida “Kreditorlarning garov bilan ta’minlash talablarini qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmon loyihasi muhokamasi qilindi.
21 dekabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kreditorlarning garov bilan ta’minlash talablarini qanoatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan 50 dan ortiq tadbirkorlar, Markaziy bank va tijorat banklari mas’ullari ishtirok etishdi.
Respublikamizda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuzilgan edi. Yig‘ilishda mazkur kengash a’zolarining ham fikrlari tinglandi.
Auditorlik tashkiloti rahbari Svetlana Goloseva bugungi kunda tadbirokr va bank o‘rtasida garov bilan bog‘liq ko‘plab savollar mavjudligini aytdi.
“Bugun savdo-sanoat palatasida tadbirkorlar foydalanadigan kredit liniyalari to‘g‘risidagi qaror loyihasini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan yig‘ilishda qatnashdim.
Qonun loyihasi tadbirkorlarning garov sifatidagi mulkini himoya qilish uchun, shu bilan birga garovga oladigan tashkilotlarning ham huquqlarini himoya qilish uchun ishlab chiqilgan. Bugungi kunda garov bilan bog‘liq ko‘plab savollar mavjud. Xususan, kreditlarni to‘lash tartibi, bu vaziyatda qo‘shilgan qiymat solig‘i masalasini qanday hal qilish, yana nimalarni e’tiborga olish kerakligini ko‘rib chiqdik.
Qaror loyihasi ustida ancha vaqt ishlandi, lekin undan foydalanuvchi sifatida tadbirkorlar bilan gaplashib, ularning fikrlarini o‘rganish hujjatning yanada mukammal bo‘lishini ta’minlaydi. Har bir band yuzasidan fikr-mulohazalar o‘rganildi. Ba’zi holatlar ko‘p munozaralarga sabab bo‘ldi. Muhokamalar bo‘yicha fikrlar ochiq aytildi va tahlil qilindi. Tadbirkorlar va bank mutaxassislarining takliflari to‘plandi. Umid qilamanki, bu hujjat tadbirkorlar uchun ham, banklar uchun ham qulay va yechim beruvchi asosga aylanadi”, - dedi kengash a’zosi.
Muhokamada ishtirok etgan tadbirkorlar qonun loyihasi yuzasidan taklif va mulohazalari eshitildi.
“Mazkur farmon loyihasi ishlab chiqilayotganda tijorat banklarining takliflari inobatga olingan bo‘lib, jamoatchilik muhokamasi uchun platformaga joylashtirilgan. Ayni paytda bevosita tadbirkorlar bilan birgalikda muhokama qilinyapti. Bu yerda biz tijorat banklari sifatida garovga qo‘yilgan mulkka nisbatan huquqi bankda bo‘lishi kerak desak, tadbirkorlar e’tirozlarini bildirishyapti. Bu mulkka nisbatan ularning ham huquqlari borligini, ya’ni kredit vaqtida qaytarilmagan bo‘lsa, qo‘yilgan mulkka nisbatan bank o‘z talabini qo‘yadigan bo‘lsa, ishchilarning haqlari qolib ketishi yoki budjet oldidagi qarzdorliklari qoplanishi birinchi navbatda turishi kerakligi taklif qilinyapti.
Yana bir munozarali jihati, garovga qo‘yilgan mulkning qiymati bilan bog‘liq. Bank garovni undirayotganda avvalgi muddatdagi emas, bugungi bozor qiymatida hisoblanishi taklif etildi”,- deydi Xalq banki boshqaruv raisi o‘rinbosari Zafar Azimov.
Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobovning so‘zlariga ko‘ra, Joriy yilning 9 oyida tijorat banklari tomonidan muammoli kreditlarni garov ta’minoti hisobidan undirish bo‘yicha sudga da’vo arizalari kiritilishini so‘rab palataga jami 42486 ta da’vo arizalari kiritilgan. Bu da’vo arizalari umumiy 15 trln so‘mni tashkil etmoqda.
SSP bank-moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Musayev muhokama doirasida o‘rganilgan taklif-mulohazalar inobatga olinadi va qonun loyihasining tasdiqlanishida o‘z o‘rnini topishi haqida gapirdi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
Mavzuga oid

14:05 / 06.03.2025
O‘zbekiston uchun xalqaro darajadagi 10 000 nafar moliya mutaxassisini qanday tayyorlash kerak?

19:29 / 06.09.2023
“Biznes vakillari ko‘paygan, tarkib kuchaygan” - SSP yangi tadbirkorlik kengashi haqida

12:23 / 05.09.2023
Davlatga tegishli suv havzalari tadbirkorlarga E-auksion orqali ijaraga beriladi

18:55 / 04.09.2023