Jahon | 09:23 / 27.12.2022
9831
2 daqiqa o‘qiladi

Rogozindan Donetskda yaralanganidan keyin snaryad parchasi olib tashlandi

Moskvalik shifokorlar Rogozinning bo‘yin umurtqa pog‘onasidan snaryad parchasini olib tashlash bo‘yicha muvaffaqiyatli operatsiya o‘tkazishdi.

Foto: Picture Alliance

«Roskosmos»ning sobiq rahbari Dmitriy Rogozin Moskvada muvaffaqiyatli operatsiya qilindi, Donetskda o‘qqa tutilganidan keyin undan snaryad parchasi olib tashlandi. Bu haqda 26 dekabr, dushanba kuni Rogozinning yordamchisiga tayanib, «Interfaks» agentligi xabar berdi.

«Dmitriy Olegovichga bo‘yin umurtqa pog‘onasidan Ukraina o‘q-dorisining bo‘lagini olib tashlash bo‘yicha murakkab operatsiya o‘tkazildi», dedi u va «operatsiya muvaffaqiyatli o‘tganini», Rogozin esa «yaxshi bo‘lib qolganini» aytdi.

Noyabr oyidan buyon Donbassdagi ayirmachilar bo‘linmalariga harbiy-texnik yordam ko‘rsatish uchun «Tsarskiye volki» harbiy maslahat guruhini boshqargan Rogozin 22 dekabr kuni Donetskda o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlayotgan mehmonxona va restoran o‘qqa tutilishi oqibatida yaralangan edi. Rogozin o‘zining Telegram-kanalida otishma holati haqida gapirdi. Unda miya chayqalishi qayd etildi va snaryad parchasidan jarohat oldi.

O‘qqa tutilgan kunning ertasiga «DXR» shifokorlari umurtqa pog‘onasidan parchani olib tashlay olmaganliklari haqida xabar berishdi. «Rogozin yaralanganidan keyin uning ahvolini qoniqarli deb baholamoqda. Shifokorlar xulosasiga ko‘ra, umurtqa pog‘onasiga tushgan mina parchasini olib tashlashning iloji yo‘q», - dedi uning yordamchisi 22 dekabr kuni. Keyinroq Rogozinni Moskvaga olib ketishdi va u yerda operatsiya qilishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid