Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Donbass frontidagi vaziyatni «azobli» deb atadi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy kundalik videomurojaatida Donbass yo‘nalishidagi vaziyatni «qiyin» va «azobli» deb atadi.
«Baxmut, Kremennaya va Donbassdagi hozir maksimal kuch va konsentratsiyani talab qiladigan boshqa hududlar. U yerda vaziyat qiyin, azobli. Bosqinchilar o‘zlarida mavjud bo‘lgan barcha resurslarni - katta resurslarni - olg‘a siljishning hech bo‘lmaganda bir qismini siqib chiqarish uchun sarflamoqdalar», dedi Zelenskiy va Ukraina Qurolli kuchlari pozitsiyalarni ushlab turishga muvaffaq bo‘layotganini ta’kidladi.
«O‘z pozitsiyasida turgan, qat’iy turgan, nafaqat hech narsani yo‘qotib qo‘ymaslik, balki okkupantlarni «minus» qilish imkoniyatini topayotgan barcha yigitlarimizga minnatdorchilik bildiraman», — deya qo‘shimcha qildi prezident.
Bundan tashqari, Zelenskiy Ukrainaning turli mintaqalarida 9 millionga yaqin odam elektr energiyasisiz qolganini aytdi. «Ammo o‘chirishlar soni va davomiyligi asta-sekin kamayib bormoqda», — dedi prezident.
Mavzuga oid
22:04 / 22.05.2025
Putin Donbassga bormoqchi. Urush muzokaralari fonida
13:44 / 09.03.2025
Rossiyaning Ukraina bo‘ylab zarbalari oqibatida bir kunda 20 kishi halok bo‘ldi
22:53 / 21.02.2025
500 milliard dollarlik nafrat: Tramp nega Zelenskiyni yomon ko‘rib qoldi?
18:04 / 21.02.2025