O‘zbekiston | 14:47 / 29.12.2022
16423
1 daqiqa o‘qiladi

Andijonda yerusti metrosi quriladi

Pedagoglar bilan bo‘lgan uchrashuv davomida prezident shu haqda gapirib o‘tdi. Qayd etilishicha, yerusti metrosi Andijonning markazidan yangi Andijon shaharchasigacha olib boriladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“500 ming kishi yashaydigan Yangi Andijon shaharchasini barpo etyapmiz. U yerda ta’lim sohasiga ham ko‘p e’tibor qaratamiz. Andijon markazidan Yangi Andijonga qadar yer usti metrosini ham olib boramiz.

Nafaqat Yangi Andijon, barcha hududlarimizda muallimlarga ham, o‘quvchilarga ham katta e’tiborni kuchaytiramiz”, — dedi Mirziyoyev.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yil iyun oyida prezident Andijon viloyatida o‘tgan faollar ishtirokidagi yig‘ilishda Andijon va yangi Andijon shaharlarini bog‘lash uchun metro qurish masalasini o‘rganish bo‘yicha topshiriq bergandi.

Дилшода Шомирзаева
Tayyorlagan Дилшода Шомирзаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid