Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident pedagoglar bilan uchrashadi va yangi darsliklar bilan tanishadi
Bugun, 29 dekabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi “Kongress holl”ga tashrif buyurishi kutilmoqda. Tadbirda ta’limga oid qator taqdimotlar va uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Ayni paytda anjumanlar zalida vazirlar, mutassaddilar va pedagoglar jam bo‘lib turishibdi. Maxsus tayyorlangan ko‘rgazmalarda o‘quvchilar sinf xonalari, yangi texnologiyalar va eng muhimi – butunlay qayta ishlab chiqilgan darsliklar taqdim etilishi kutilyapti.
Kun.uz muxbirining xabar berishicha, davlat rahbari o‘qituvchilar bilan birga ta’lim sifatini oshirish va yangi darsliklarni joriy etish masalalarini alohida muhokama qilishi ham rejalashtirilgan.
Ma’lumki, prezident 9 oktabr kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida jurnalistlar bilan uchrashgan va darsliklar muammosi haqida to‘xtalib o‘tgan va endi Finlandiya standarti bo‘yicha tayyorlanishini ma’lum qilgandi.
“Darsliklar masalasida ham ancha muammo bor ekan, uning ichiga kirish kerak. Darsliklar saviyasi haqida katta muhokamalar bo‘ldi. Finlyandiyaning standarti bilan bir xilda 1-4 sinflar uchun darsliklar qiladigan bo‘ldik. Nimaga desangiz, Finlyandiya xalq ta’limi Yevropa miqyosida, umuman dunyoda raqobatga chidamli, ko‘p tajribani o‘zidan o‘tkazgan”, — degandi prezident. Bugungi tadbir o‘sha rejalarning mantiqiy debochasi bo‘ladi.
Mavzuga oid
20:17 / 27.12.2024
Uchta viloyatda «bulutli» ma’lumotlar markazi ishga tushiriladi
07:50 / 27.12.2024
O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga amaliy tashrifi yakunlandi
20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz
21:19 / 21.12.2024