Dubayda o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘koni ochildi
Dubay xalqaro aeroportiga tutash hududda o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘koni va shou-rumi ochildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Dubayda o‘zbek milliy hunarmandchilik mahsulotlari do‘konining tashkil etilishiga prezidentning ««Hunarmandchilik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»»gi qarorining ijrosini ta’minlash doirasida joriy yil 22 sentabr – 5 oktabr kunlari Doha shahrida tashkil etilgan O‘zbekiston madaniyati kunlarida erishilgan edi.
Do‘kon uchun O‘zbekistondan hunarmandchilikning kashtachilik, kulolchilik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, gilamdo‘zlik, milliy matolar, miniatyura kabi 20 dan ortiq yo‘nalishlaridagi mahsulotlarning namunalari olib kelindi.
Tadbir doirasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.
Mavzuga oid
22:09 / 21.11.2024
Dubayda dunyodagi eng katta oltin yombi namoyish etildi
19:25 / 28.10.2024
Foto: Dubay shahzodasi Navoiyda lochin bilan tuvaloq ovladi
15:31 / 26.10.2024
Dubayda dunyodagi eng ingichka osmono‘par bino qurilmoqda
18:41 / 27.09.2024