Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hind kompaniyasi ishlab chiqargan yana bir sirop sotuvdan olingani aytilmoqda
Illyustrativ foto
Hindistonda ishlab chiqarilgan «Dok-1 Maks» siropini qabul qilgan 19 nafar o‘zbekistonlik bola halok bo‘lgani ma’lum. Internetda hind kompaniyasi ishlab chiqargan yana bir dori vositasi sotuvdan olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Tarmoqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori S.Kariyev imzosi bilan tasdiqlangan xat tarqaldi. Bu xat haqqoniy ekani aniq emas va unda «Ambronol» siropi ham O‘zbekistondagi dorixonalarda sotuvdan olinishi kerakligi aytiladi. Qizig‘i, ushbu sirop ham «Dok-1 Maks» kabi Hindistonning «Marion Biotech» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Xatda «Ambronol» siropini zudlik bilan dorixonalardan qaytarib olish chorasi ko‘rilishi so‘ralgan. Dorixonalar esa dorini yetkazib beruvchi distribyutorlarga murojaat qilishi aytilgan. Xat 29 dekabr sanasi bilan imzolangan.
Ma’lumot uchun, «Ambronol» ham xuddi «Dok-1 Maks» kabi shamollash uchun qo‘llaniladigan sirop hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025