NASA «Soyuz» kemasi astronavtlarini qutqarishni so‘rab SpaceX kompaniyasiga murojaat qildi
Xalqaro kosmik stansiyasida 3 nafar astronavt Yerdan yordam kutmoqda.

Foto: NASA
NASA SpaceX kompaniyasiga murojaat qilib, Xalqaro kosmik stansiyasidagi (XKS) Rossiyaning «Soyuz» kemasida qolib ketgan astronavtlarni qutqarishni so‘radi.
14 dekabr kuni Rossiyaning «Soyuz» kemasi qobig‘i teshilgani sababli sovitish suyuqligi fazoga sizib chiqqan edi. O‘sha paytda bortda uchta astronavt bo‘lgan - bir amerikalik va ikki rossiyalik, ular sentabr oyida 6 oylik missiyani bajarish uchun parvoz qilgan edi.
Ular hozir ham shikastlangan «Soyuz» kemasi kapsulasida. Astronavtlar kemada harorat ko‘tarilmasligi uchun stansiyaga olib boradigan lyukni ochiq holda ushlab turishibdi. Agar lyuk yopilsa, kapsulada harorat tezda ko‘tarilib ketadi.
Hozir XKS bortiga SpaceX kompaniyasining Crew Dragon kemasi ham ulangan. U 4 nafar astronavtni olib kelgan va ularni qaytarib olib ketishi kerak. NASA SpaceX kompaniyasidan «Soyuz» ekipajini Yerga qaytarishni so‘ramoqda. Ammo muammo shundaki, kemada faqat to‘rtta o‘rindiq bor.
Roskosmos ham uch astronavtni qanday qutqarish haqida o‘ylamoqda. Ular yana bir «Soyuz» kemasini uchirishni rejalashtiryapti, biroq, yakuniy qaror yanvar oyiga qoldirilgan.
Mavzuga oid

17:14 / 17.05.2025
NASA afsonaviy Voyager zondini 25 milliard kilometr masofadan ta’mirlashga muvaffaq bo‘ldi

16:26 / 10.05.2025
«Kosmos-482» Hind okeaniga quladi - «Roskosmos»

01:03 / 08.05.2025
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin

23:59 / 03.05.2025