Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Ekvadordan banan importi hajmini oshirdi
Banan importi 57,4 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga 127,2 ming tonna banan import qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, banan importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 57,4 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p banan import qilgan davlatlar orasida Ekvador birinchi o‘rinni egalladi – 125,9 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qozog‘iston – 426 tonna;
- Turkmaniston – 324 tonna;
- Turkiya – 197 tonna;
- Hindiston – 144 tonna;
- Qirg‘iziston – 99 tonna;
- Xitoy – 19 tonna.
Mavzuga oid
13:35 / 14.04.2025
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi
21:10 / 29.03.2025
AQSh qo‘shinlari jinoiy to‘dalar tufayli Ekvadorga kiritilishi mumkin
21:17 / 29.11.2024
Auksionda 6,2 million dollarga sotib olingan bananni o‘z egasi yeb qo‘ydi
14:12 / 21.11.2024