Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning iqtisodiy holati raqamlarda e’lon qilindi
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy holati raqamlarda e’lon qilindi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sanoat ishlab chiqarish fizik hajmi indeksi 105,4 foizni tashkil etdi.
Bundan tashqari, ko‘rsatilgan davrda qurilish ishlari hajmining o‘sish sur’ati – 105,7 foiz, chakana savdo tovar aylanmasi o‘sish sur’ati – 111,9 foizga teng bo‘ldi.
Shuningdek, bozor xizmatlari hajmining o‘sish sur’ati – 116 foiz, tashqi savdo aylanmasi o‘sish sur’ati – 118 foiz, eksportning o‘sish sur’ati – 112 foiz, importning o‘sish sur’ati – 122,1 foizni tashkil qildi.
O‘z navbatida, faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni – 588 823 ta, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari soni – 520 199 ta.
Mavzuga oid
10:40 / 28.05.2025
Oliy ta’lim tashkilotlarida qancha talaba tahsil olayotgani aytildi
11:13 / 27.05.2025
Qaysi hududda eng ko‘p nikoh qayd etilgani aytildi
13:07 / 26.05.2025
34 yilda umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni qanchaga oshgani aytildi
11:21 / 23.05.2025