O‘zbekiston | 11:57 / 31.12.2022
9522
3 daqiqa o‘qiladi

2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturi tasdiqlandi

Foto: Shutterstock

Prezidentning “O‘zbekistonning 2023-2025 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2023-2025 yillar uchun quyidagilar tasdiqlandi:

  • Markazlashgan va markazlashmagan investitsiyalarni o‘zlashtirishning yig‘ma maqsadli ko‘rsatkichlari;
  • tarmoqlar va hududlar kesimida investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirishning maqsadli ko‘rsatkichlari.

Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi yirik ishlab chiqarish obektlari va quvvatlarida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha oylik monitoring o‘rnatilishi va ularning o‘z vaqtida ishga tushirilishini ta’minlaydi.

Dastur ijrosi natijalari, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kompleks tarmoq jadvallarining bajarilishi har oyda Prezident Administratsiyasiga kiritib boriladi.

Shuningdek, 2023 yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:

  • investitsiya va kreditlarni o‘zlashtirish bo‘yicha yig‘ma manzilli dastur;
  • ishga tushiriladigan yirik ishlab chiqarish obektlari va quvvatlarining manzilli ro‘yxati;
  • strategik investitsiya loyihalari ro‘yxati;
  • O‘zbekiston nomidan yoki O‘zbekiston kafolati ostida xorijiy kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati;
  • to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilingan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxati va boshqalar.

Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari - loyihalar tashabbuskorlariga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda 2023 yil 20 yanvarga qadar har bir investitsiya loyihasi bo‘yicha ularni amalga oshirishning oylar kesimidagi kompleks tarmoq jadvallarini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

Davlat tashqi qarzi jalb qilinishi rejalashtirilayotgan yangi investitsiya loyihalarining konsepsiyalari ishlab chiqilib, 2023 yil 5 fevralga qadar Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritilishi lozim.

Mavzuga oid