Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXA: Zaporijjya AES uchun zaxiradagi elektr liniyasiga o‘qqa tutilganda zarar yetdi
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) 29 dekabr kuni kechqurun Zaporijjya atom elektr stansiyasini ta’minlovchi zaxira elektr tarmog‘i o‘qqa tutilishi natijasida zarar ko‘rganini ma’lum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, 330 kilovolt quvvatga ega «Ferosplavnaya 1» ZAESning oxirgi ishlovchi zaxira liniyasi tashqi quvvat liniyasidan uzilgan.
«AEXA ekspertlari bugun qo‘shni Zaporijjya issiqlik elektr stansiyasini Dnepr bilan bog‘lovchi suv kanali hududida, ehtimol, obektdan bir necha yuz metr uzoqlikda, kuchli portlashlar eshitilganini ma’lum qildi», — deyiladi agentlik xabarida.
AEXA rahbari Rafael Grossi zarar ko‘rgan liniyani «imkon qadar tezroq tiklash muhim» ekanini ta’kidladi.
«Yadro xavfsizligi va Ukraina atom elektr stansiyalari yaxlitligiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan har qanday harbiy harakatlar zudlik bilan to‘xtatilishi kerak», dedi Rafael Grossi.
Mavzuga oid
16:41 / 22.05.2025
2026 yildan O‘zbekistonda AES sovitish tizimlarini ishlab chiqarish boshlanadi
16:51 / 13.05.2025
«Rosatom» O‘zbekistondagi kichik AES bloki uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi
08:35 / 08.05.2025
Forishda kichik quvvatli AESni joylashtirish sxemasi tasdiqlandi
10:57 / 07.05.2025