Jahon | 09:05 / 04.01.2023
9257
2 daqiqa o‘qiladi

Litva prezidenti: Bu yil Ukraina g‘alabasi yili bo‘lishi kerak

2023 yilda Litva Ukrainaga harbiy yordam berishda davom etadi, deb ma’lum qildi Litva prezidenti Gitanas Nauseda. 

Gitanas Nauseda / Foto: AP

«Bu yil Ukraina tajovuzkorni mag‘lub etgan yil bo‘lishi kerak», — deb yozdi u Twitter'da hamda Litva harbiy texnika va o‘q-dorilar jo‘natishi, shuningdek, harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishini qo‘shimcha qildi. 

«Barcha ittifoqchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlash tezligini oshirish juda muhim. G‘alaba yaqin», - dedi Nauseda.

Bundan oldin Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yyens Stoltenberg NATO bo‘yicha bir qator ittifoqchilar mudofaa xarajatlari maqsadlarini kuchaytirmoqchi ekanini bildirgandi.

«Ba’zi ittifoqchilar hozirgi 2 foizlik maqsadni minimal darajaga aylantirish tarafdori», - dedi Stoltenberg. 

Bu boradagi muzokaralarga Shimoliy Atlantika kengashi raisi rahbarlik qiladi. 

«Biz uchrashamiz, vazirlar uchrashuvlari, poytaxtlarda muzokaralar o‘tkazamiz. Vazifa - NATOning navbatdagi navbatdagi sammitidan kechiktirmay kelishuvga erishish. U Vilnyusda 11 va 12 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi», dedi Stoltenberg. 

2014 yilda Uelsda bo‘lib o‘tgan NATO sammitida yalpi ichki mahsulotning (YaIM) ikki foizini mudofaaga ajratish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkich kelishib olingan edi. Yyens Stoltenberg hozirgi bosqichda qaysi ittifoq davlatlari tuzatish talab qilishiga aniqlik kiritmadi. 

Mavzuga oid