Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Odam savdosida gumonlanayotgan ayol Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi
Kuala-Lumpurdan Toshkentga O‘zbekistondagi Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari hamrohligida odam savdosi jinoyati bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan va Malayziyada uzoq vaqt yashirinib yurgan jinoyatchi olib kelindi.
Ayblanuvchini qo‘lga olish Toshkent Interpol va Kuala-Lumpur Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi harakatlari va tezkor-axborot kuzatuvi hamda O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakillarining bevosita yordami bilan amalga oshirildi.
Ushbu idoralar xodimlari tomonidan olib borilgan samarali harakatlar natijasida Malayziya hukumati tomonidan qidirilayotgan shaxsni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingunga qadar gumon qilinuvchini qo‘lga olish va hibsga olishga muvaffaq bo‘lishdi.
Ekstraditsiya masalasining ijobiy ko‘rib chiqilishi natijasida qidiruvda bo‘lgan ayol Toshkentga olib kelish uchun O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirildi.
Mavzuga oid
21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
16:30 / 21.03.2025
Akmal Shukurov Qozog‘istondan Toshkentga ekstraditsiya qilindi
18:23 / 17.02.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Misrdan ekstraditsiya qilindi
23:29 / 16.01.2025