Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sog‘liqni saqlash vaziri «QURAMAX» kompaniyasining barcha dorilarini sotishni to‘xtatishga ko‘rsatma berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovning «QURAMAX» kompaniyasi dorilarining O‘zbekistonda sotilishini to‘xtatish haqidagi ko‘rsatma xati tarqaldi. Bu xatning haqiqiyligini vazirlik Kun.uz'ga tasdiqladi.
2023 yil 2 yanvar sanasi ko‘rsatilgan xatda vazir barcha dorixonalarga «QURAMAX» kompaniyasi tomonidan 2022 yilda O‘zbekistonga olib kirilgan hamma dorilar sotuvini to‘xtatish haqida ko‘rsatma bergan.
Xatda aytilishicha, dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi tomonidan «Dok-1 Maks» va «Ambronol» dori vositalarining chuqurlashtirilgan sifat nazoratini o‘tkazish natijasiga ko‘ra normativ hujjatda ko‘rsatilgan tarkibga nomuvofiqlik aniqlangan. Bu dori vositalarining ayrim seriyalarida propildenglikol moddasi o‘rniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol mavjudligi aniqlangan.

Xatda keltirilishicha, «Dok-1 Max» hamda «Ambronol» dori vositalarining ro‘yxatdan o‘tkazganlik guvohnomalarini bekor qilish bo‘yicha 2022 yil 29 dekabr kuni Toshkent shahar sudiga da’vo arizasi kiritilgan.
Mavzuga oid
12:08 / 27.05.2025
Vengriya O‘zbekistonda dori ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
21:39 / 22.04.2025
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
12:46 / 16.03.2025
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi
10:46 / 14.03.2025