Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Daniyada dunyodagi eng katta va eng kuchli shamol turbinasi ishga tushirildi
Uning balandligi 280 metr, parragining uzunligi 100 metrdan oshadi.
Dunyodagi eng kuchli Vestas V236-15MW shamol turbinasi Daniyaning Esterild poligonida sinov tariqasida ishga tushirildi.
Uskuna rotorining diametri 236 m, parrak uzunligi 115,5 m, maksimal quvvati 15 MVt bo‘lib, 20 mingta uy xo‘jaligini elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi.
Vestas V236-15MW turbinalaridan sanoat miqyosida foydalanish kelgusi yilda boshlanadi. Dunyodagi eng baland - 280 metrlik shamol turbinalari Frederikshavn shamol stansiyasiga o‘rnatiladi.
Vestas V236-15MW uskunasining yillik energiya ishlab chiqarish quvvati 80 Gvt bo‘lib, ushbu ekologik toza energiya miqdori karbonat angidrid chiqindilarini yiliga 38 ming tonnaga kamaytirish yoki yiliga 25 mingta avtomobilni yo‘llardan olib tashlash bilan barobar.
Vestas V236-15MW quvvat bo‘yicha uzoq vaqt davomida chempion bo‘lolmaydi. Xitoyliklar quvvati 16 MVt bo‘lgan MySE 16.0-242 shamol turbinasini qurmoqda. U sinov tariqasida 2023 yil o‘rtalarida ishga tushiriladi.
Mavzuga oid
23:20 / 22.05.2025
Daniyada pensiya yoshi oshiriladi
19:42 / 27.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
14:25 / 17.04.2025
Daniya askarlarini Ukrainaga o‘qitish uchun jo‘natmoqchi
18:44 / 02.04.2025