Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Investitsiyalar vazirligi O‘zbekistonda fors-major holatini tasdiqlash vakolatiga ega bo‘ldi
2022 yil 28 dekabrdan boshlab O‘zbekiston hududida sodir bo‘lgan kutilmagan va bartaraf etish g‘ayri imkon (fors-major) holatlarini tasdiqlash Investitsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 28 oktyabrdagi 625-sonli «Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash haqida»gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston hududida sodir bo‘lgan kutilmagan va bartaraf etish g‘ayri imkon (fors-major) holatlarini tasdiqlash Investitsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Mazkur davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun arizachi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali YaIDXPda so‘rovnomani to‘ldirib, identifikatsiya qilish zamonaviy vositalari (elektron raqamli imzo, mobil- ID va boshqalar)ni qo‘llagan holda tegishli hujjatlarni yuklagandan so‘ng so‘rovnomani yuboradi.
Arizalar faqatgina Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi. To‘g‘ridan to‘g‘ri hamda elektron pochta orqali kelib tushgan arizalar qabul qilinmaydi.
Arizani topshirish yuzasidan savollar bo‘yicha ITSVning Yuridik boshqarmasiga murojaat qilish so‘ralgan.
Mavzuga oid
13:15 / 26.05.2025
O‘zbekiston Xitoyning yirik kompaniyalari bilan 20 dan ortiq kelishuvlar imzoladi
12:42 / 23.05.2025
Toshkentda uy-joyga investitsiyalar daromadliligi 4,5 barobarga pasaydi
13:25 / 13.05.2025
O‘zbekiston-Slovakiya hukumatlararo komissiyasi birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
08:52 / 12.05.2025