Jizzaxda yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti YTHga uchrab ikkiga bo‘linib ketdi. Ikki kishi halok bo‘ldi
Katta tezlikda harakatlangan haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan. Mashina yo‘l chetidagi daraxtga urilib, kuchli zarba oqibatida ikkiga bo‘linib, parchalanib ketgan.

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati
Jizzaxda yuqori tezlikda harakatlangan Lacetti haydovchisi sodir etgan yo‘l-transport hodisasida ikki nafar yo‘lovchi vafot etgan, haydovchi va yana bir yo‘lovchi tan jarohatlari olgan. Bu haqda IIV YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2023 yil 4 yanvar kuni soat 17:30 larda, 4P-41 "G‘allaorol-O‘smat-Baxmal" avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi 16-kilometrida sodir bo‘lgan.
23 yoshli haydovchi Lacetti mashinasi bilan Baxmal-G‘allaorol yo‘nalishida harakatlanayotib, tezlikni oshirgan va boshqaruvni yo‘qotgan. Mashina yo‘lning o‘ng tomoniga chiqib ketib, daraxtga urilgan.
Oqibatda mashinada bo‘lgan yo‘lovchilardan biri voqea joyida, ikkinchisi shifoxonada vafot etgan. Haydovchi hamda yana bir yo‘lovchi yengil tan jarohatlari olgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda hodisa tasvirlangan video tarqaldi. Unda mashina ikkiga bo‘linib, parchalanib ketganini ko‘rish mumkin.
Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan G‘allaorol tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

13:02
Avtomobillarning noqonuniy ijarasi bilan bog‘liq holat bo‘yicha deputat so‘rovi yuborildi

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

09:30 / 22.04.2025
Jizzaxda gaz ta’minoti bo‘limi xodimi ushlandi

12:03 / 19.04.2025