Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va AQSh tennischilari Devis Kubogida bellashadi
O‘yinlar Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
3-5 fevral kunlari Toshkentda tennis bo‘yicha O‘zbekiston va AQSh milliy jamoalari o‘yinlari o‘tkaziladi.
Milliy jamoalar norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogi saralash bosqichi doirasida o‘zaro to‘qnash keladi. G‘olib jamoa sentabr oyida o‘tadigan Devis Kubogining final bosqichiga yo‘l oladi.
Uchrashuvning ilk kunida ikkita yakkalik bahsi, ikkinchi kuni esa bitta juftlik, uchinchi kunida ikkita yakkalik bahsi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston milliy jamoasini mamlakatning ikkinchi raqamli raketkasi Denis Istomin sardor sifatida kortga boshlab tushadi. Tarkibdan shuningdek, Sergey Fomin, Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziyev ham joy olgan.
AQSh milliy jamoasi safida Tommi Pol, Jyenson Bruksbi, Makdonald Makkenzi, Rajiv Ram va Ostin Kraychik kelishi kutilmoqda.
Taqqoslash uchun, ATP reytingida Tommi Pol 32-, Bruksbi 48-, Makdonald 63-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Fomin 362-, Istomin 468-, Sultonov 489-, Fayziyev esa 1178-pog‘onani egallab turibdi.
Juftlik bahslarida ishtirok etadigan Rajiv Ram juftliklar reytingida 3-, Kraychik esa 10-o‘rinda qayd etilgan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025