O‘zbekiston | 10:10 / 07.01.2023
8781
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston xorijga limon sotish hajmini kamaytirdi

Limon eksporti 289 tonnaga kamaygan.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-noyabr oylarida 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 4,1 ming tonna limon eksport qilgan. 

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, limon eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 289 tonnaga kamaygan.

2022 yilning 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p limon eksport qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 2,7 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 852 tonna;
  • Qirg‘iziston – 482 tonna.

Xorijga eng ko‘p limon eksport qilgan hududlar:

  • Farg‘ona viloyati – 1,8 ming tonna; 
  • Xorazm viloyati – 631 tonna; 
  • Toshkent viloyati – 503 tonna; 
  • Namangan viloyati – 292 tonna.

Mavzuga oid