Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qo‘shimcha ta’til kunlarida bog‘cha tarbiyalanuvchilari uchun haq to‘lanmaydi
Joriy yilning 10-18 yanvar kunlari maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilingandan so‘ng ko‘plab ota-onalardan mazkur ta’til kunlarida ham bog‘cha puli to‘lanishiga doir ko‘plab savollar kelib tushmoqda.
Amaldagi Nizom talablari asosida mazkur ta’til kunlari uchun bog‘cha to‘lovi to‘lanmaydi, deya xabar bermoqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi.
Ta’til e’lon qilingunga qadar bog‘cha to‘lovi amalga oshirilgan bo‘lsa, keyingi to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida ta’til kunlari uchun to‘langan badal summasi hisobga olinadi.
Ta’til kunlari davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritadigan xodimlarga amaldagi tartib saqlangan holda ish haqi to‘lanadi.
Mavzuga oid
16:21 / 07.05.2025
“Ta’minotchi hamkorlikni to‘xtatgani uchun” – Bulung‘urdagi bog‘chada bolalarga 2 kun go‘shsiz ovqat berilganiga izoh berildi
21:22 / 05.05.2025
“Qozonda 1 gramm go‘sht yo‘q” - Samarqanddagi davlat bog‘chasida bolalarga go‘shsiz ovqat berilmoqda
16:20 / 03.05.2025
Ko‘za kunda emas, kunida sinadi. Bog‘chalar bolalar hayoti bilan o‘ynashmoqda
11:38 / 25.04.2025