O‘zbekiston | 13:11 / 08.01.2023
21912
2 daqiqa o‘qiladi

Maktablarda dars soatlarining maksimal darajasi belgilandi

Umumta’lim maktablarida ta’lim sharoitlari va tashkil etilishiga qo‘yiladigan sanitariya-epidemiologik talablarga o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, endilikda bir yil davomida 1-sinflar uchun o‘quv haftaligi 33 hafta, 2 – 11-sinflar uchun esa 34 haftadan oshmasligi kerak.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati xabar berishicha, maktablarda haftalik o‘quv yuklamasining maksimal darajasiga bo‘lgan gigiyenik talablar quyidagicha belgilangan:

1-sinflar uchun haftasiga o‘qish 22 soatdan oshmasligi kerak. Darslar kuniga 4 soatdan, haftada 2 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar – texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi) kerak;

2 – 4-sinflar uchun darslar kuniga 4 soatdan va haftada 4 kun 5 soatdan ko‘p bo‘lmasligi (5 soatlik o‘quv kunida jismoniy tarbiya yoki yengil fanlar – texnologiya, tasviriy san’at, musiqa madaniyati, tarbiya fanlari o‘qitiladi) kerak;

5 – 9-sinflar uchun darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak;

10 – 11-sinflar uchun darslar kuniga 6 soatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak;

Mavzuga oid