Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda Nexia-2 urib yuborganda halok bo‘lgan to‘rt kishi bir oila a’zolari ekani ma’lum bo‘ldi
Kun.uz’ning aniqlashicha, Nexia-2 ota-ona va uning ikki farzandini ular piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotganda urib yuborgan
Avvalroq, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida Nexia-2 mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan to‘rt kishini urib yuborgani va ular halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Hodisa 2023 yil 3 yanvar kuni soat 18:20 larda M-39 “Toshkent-Termiz” xalqaro avtomobil yo‘lining Yakkabog‘ tumani “Mevazor” MFY hududidan o‘tgan 1 139-kilometrida sodir bo‘lgandi.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, halok bo‘lganlar bir oila a’zolari – ota-ona va uning ikki nafar farzandi bo‘lgan. Nexia-2 ularni piyodalar yo‘lakchasidan o‘tishayotganda urib yuborgan.
Oqibatda, Yakkabog‘ tumani “Navro‘z” MFYda yashovchi er xotin va ularning ikki nafar farzandi og‘ir tan jarohatlari olib, halok bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Yakkabog‘ tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
4 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlanib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
10:27 / 22.05.2025
Toshkentda YTHning oldini olish uchun 2 mlrd so‘m ajratiladi
18:17 / 19.05.2025