Navbatdagi qonli “qirg‘in”. 4 kishi – bir oilaning barcha a’zolari o‘limiga sabab bo‘lgan hodisa joyidan reportaj
Yakkabog‘ tumanida Nexia-2 mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan to‘rt kishini urib yuborishi oqibatida ular halok bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, haydovchining atigi bir yillik tajribasi bo‘lgan va u Toshkent-Qashqadaryo yo‘nalishida odam tashish bilan shug‘ullangan.
Kun.uz muxbiri Yakkabog‘ tumanida bo‘lib, voqea tafsilotlarini o‘rgandi.
Voqea 2023 yilning 3 yanvar kuni 18:20 larda M-39 “Toshkent-Termiz” xalqaro avtomobil yo‘lining Yakkabog‘ tumani “Mevazor” MFY hududida sodir bo‘lgan.
Mevazor mahallasi raisi Ilhom Errahmatovning aytishicha, YTH oqibatida halok bo‘lgan oila boshlig‘i shu mahallada tug‘ilgan. U qarindoshlarinikiga ayoli va ikki nafar yosh bolasi bilan mehmonga kelgan. YTH sodir bo‘lgan nuqtada piyodalar harakatlanishi uchun maxsus yo‘l belgilari o‘rnatilgan bo‘lib, er-xotin ikki farzandini ko‘tarib o‘tayotgan bo‘lgan. Yo‘l o‘rtasida ularni Toshkent yo‘nalishidan kelayotgan Nexia-2 mashinasi urib yuborgan va oila a’zolarining barchasi halok bo‘lgan.
Voqeadan uch kun o‘tib ushbu nuqtaga svetofor o‘rnatilgan.
Mudhish YTH oqibatida biror vakili omon qolmagan yosh oilaning qarindoshlari og‘ir tushkunlikda bo‘lgani sababli ularni bezovta qilmaslikni lozim topdik.
Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati rahbari Mansur Egamberdiyevga ko‘ra haydovchi qamoqqa olingan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Haydovchi 1998 yilda tug‘ilgan bo‘lib, u haydovchilik guvohnomasini 2021 yilning dekabr oyida olgan. Uning haydovchilik tajribasi atigi bir yilni tashkil qilib, Toshkent-Qashqadaryo yo‘nalishida odam tashish bilan shug‘ullanib kelgan.
Isomiddin Po‘latov, Kun.uz muxbiri
Tasvirchi va montaj ustasi: Jahongir Aliboyev.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

18:20 / 11.04.2025
Namanganda YPX mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt haydovchisi qariyb 2 oydan beri komada yotgani ma’lum bo‘ldi

18:30 / 10.04.2025
Toshkentda «Gazel» daraxtga borib urildi

11:29 / 10.04.2025
Toshkentda yuk mashinasiga urilgan Isuzu yonib ketdi. Qurbonlar bor

16:51 / 09.04.2025