Jahon | 09:36 / 12.01.2023
9822
2 daqiqa o‘qiladi

Maxar Baxmut va Soledarning sun’iy yo‘ldosh suratlarini e’lon qildi

Maxar Technologies (AQSh) aerokosmik kompaniyasi Twitter'da Donetsk viloyatidagi Soledar va Baxmut shaharlarining sun’iy yo‘ldosh tasvirlarini e’lon qildi. 

Soledar shahri / Foto: Maxar texnologies

Suratlarda Soledarda uylar va maktablar vayron bo‘lganligi ko‘rsatilgan.

Baxmutda esa yo‘llar va dalalar bo‘ylab portlashlardan minglab chuqurlar yuzaga kelgan. 

Additional before (August 1, 2022) and after (January 10, 2023) #satellite imagery of the town of #Soledar, #Ukraine (lat: 48.663700, long: 38.091763), showing homes, schools and buildings that have been destroyed from the month’s long battle and artillery exchanges. pic.twitter.com/0JtVReyeBF

— Maxar Technologies (@Maxar) January 11, 2023

Bundan oldin Ukraina qurolli kuchlari «Soledarni ushlab turish uchun og‘ir janglarni» davom ettirmoqda, deb xabar bergandi mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar o‘zining Telegram-kanalida. 

«Dushman o‘z shaxsiy tarkibining og‘ir yo‘qotishlariga e’tibor bermayapti va faol hujumni davom ettirmoqda. Bizning pozitsiyalarimizga yaqinlashish shunchaki halok bo‘lgan dushman askarlarining jasadlari bilan to‘lib toshgan», - deb ta’kidlab o‘tdi Malyar. 

#SatelliteImagery from January 7, 2023, reveals thousands of bomb craters in fields and along roads in and around the town of #Bakhmut, #Ukraine. pic.twitter.com/iAwSLzvX4b

— Maxar Technologies (@Maxar) January 11, 2023

Uning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik jangchilar safni jasorat bilan ushlab turishibdi. 

«Faqat kuchli xalq katta va kuchli dushmanga qarshi shunday astoydil kurasha oladi», dedi vazir o‘rinbosari.

Britaniya harbiy razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning so‘nggi to‘rt kunlik hujumidan so‘ng, Soledarning katta qismi rus qo‘shinlari va "Vagner" XHK kuchlari nazorati ostida bo‘lishi mumkin. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid