Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Tojikiston ikki tomonlama siyosiy muloqotni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov Tojikiston elchisi Abdujabbor Rahmonzodani qabul qildi.
Tomonlar qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari, strategik sheriklik va ittifoqchilik tobora kengayib borayotganini qayd etdilar.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi. O‘zbekiston va Tojikiston ikki tomonlama siyosiy muloqotni davom ettirishga va xalqaro institutlar doirasida o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi ta’kidlandi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, savdo hajmini oshirish va turli sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Tomonlarning hududlararo aloqalarni, madaniyat, ilm-fan, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalaridagi muloqotni kengaytirishga intilishi ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
11:30 / 26.05.2025
Samarqand Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi
16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
08:20 / 26.04.2025
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi
08:42 / 24.04.2025