O‘zbekiston | 11:17 / 13.01.2023
20358
6 daqiqa o‘qiladi

Qattiq sovuqdan qanday himoyalanish mumkin?

2023 yil noodatiy tarzda boshlandi. Mamlakatimiz aholisi qishga xos bo‘lmagan ko‘plab ob-havo hodisalariga duch kelishmoqda. Qayerdadir kamalak paydo bo‘ldi, ba’zi joylarda esa yomg‘ir yog‘di. Ayrim hududlarda esa kuchli sovuq havo kuzatilmoqda. Mutaxassislar - 29 darajagacha bo‘lgan g‘ayritabiiy sovuqlar nimasi bilan inson salomatligi uchun xavfli ekanligini aytib berishdi.

Foto: Shutterstock

-29 darajali sovuq havo kimlar uchun xavfli?

Havoning keskin sovib ketishi inson organizmida turli salbiy holatlarni yuzaga keltiradi:

  • ·       ko‘chada uzoq vaqt qolish oqibatida muzlab qolish:
  • ·       gipertoniklarda qon bosimining keskin oshishi:
  • ·       bronxial astmasi bor bemorlarda astmatik xurujlar paydo bo‘lishi.

Meteorologlarning ogohlantirishicha, yurak-qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan odamlar ko‘proq ehtiyot bo‘lishlari kerak. Ularning tanasi tashqi ta’sirlarga juda sezgir. Ayniqsa yaqinda yurak xuruji va insultga duchor bo‘lganlar xavf guruhining old qatorlarini band etishgan.

Sovuq havoda tanani qanday himoyalash mumkin?

Tana haroratining me’yordan ortiqcha pastga tushishi tana tizimlarining ishlashi va hayotiy faoliyatining buzilishiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Shunday qilib, agar tana harorati 32 darajadan pastga tushsa, nafas olish va yurak-qon tomir tizimlari ishlamay qolishi mumkin, 27 daraja esa komaga tushishga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun qattiq sovuqlarda ichki issiqlikni saqlash juda muhimdir.

Xavf guruhiga quyidagilar kiradi: keksalar, kichik bolalar, qon tomir kasalliklari bilan og‘rigan odamlar. Termoregulyatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlari tufayli ularning tanasida qon aylanishi tezroq sekinlashadi va issiqlik almashinuvi buziladi. Bu odamlar, birinchi navbatda, past harorat ta’siridan himoyalangan bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, haroratning keskin pasayishi surunkali kasalliklarga chalingan odamlarda kasalliklarning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, qattiq sovuq teriga salbiy ta’sir qiladi va sovuq urushiga ham olib kelishi mumkin.

Kiyinishning ahamiyati

Qattiq sovuqda kiyimlar nafaqat issiq, balki funksional bo‘lishi ham muhimdir, ya’ni ular harakatlarga to‘sqinlik qilmasligi va tana yaxshi «nafas olishi» kerak.

Oyoq kiyim. Oyoqlar quruq holda saqlanishi kerak. Yupqa termal paypoq, issiq paypoq, etik – eng maqbul ko‘rinishdir. Agar siz uzoq yo‘lga chiqsangiz, o‘zingiz bilan qo‘shimcha paypoq olishingiz mumkin.

Qo‘lqop va bosh kiyim. Inson tanasi bosh orqali issiqlikning 70 foizini yo‘qotadi, shuning uchun siz yumshoq issiq bosh kiyimi kiyishingiz kerak. Qo‘lqoplar ham shunga mos ravishda tanlanadi.

Oziq-ovqat va ichimlik. Kiyim sizga issiqlikni saqlashga imkon beradi, lekin uni yaratmaydi. Shuning uchun sovuqda issiq ichimliklar va yuqori kaloriyali ovqatlar muhim ahamiyatga ega. Agar tashqarida sovuq bo‘lsa va siz piyoda yoki mashinada bo‘lsangiz, issiq (lekin kuydirmaydigan) ichimliklar va oziq-ovqat bilan ta’minlangan termosni olib yuring.

Qishda sovqotmaslik uchun shifokor oqsillar (go‘sht, tovuq, baliq) va yog‘lar (sariyog‘) kabi mahsulotlar iste’molini 10 foizga oshirishni tavsiya qiladi, chunki kaloriyalar energiya manbai. Sovuqda qancha ko‘p harakat qilmoqchi bo‘lsangiz, oziq-ovqatning kaloriya miqdori shunchalik yuqori bo‘lishi kerak. Uydan chiqishdan oldin darhol to‘yimli ovqatlanishingiz mumkin, sho‘rva va issiq o‘simlik choyi ichish o‘rinli bo‘ladi.

To‘g‘ri nafas olish. Sovuqda siz burningiz bilan nafas olishingiz kerak. Agar burningiz bitib qolgan bo‘lsa, buning natijasida burundan nafas olish qiyin bo‘lsa, siz yuzingizni sharf bilan yopishingiz va nafas olishingiz mumkin. Biroq u tezda namlanadi va barcha bakteriyalarni to‘playdi, shuning uchun bu variant uzoq yurish uchun mos emas.

Yuzni himoya qilish. Ko‘chaga chiqishdan oldin, terining qurib qolmasligi uchun ochiq sohalarga krem ​​surtish kerak. Bolalar va kattalar uchun maxsus kremlar mavjud va uning tarkibida suv mavjud bo‘lmasligi lozim.

Sovuqda uyni issiq saqlashning oddiy usullari

Sovuq ob-havo sharoitida uydagi issiqlikni saqlash uchun oddiy, ammo juda samarali usullar yordam beradi. Issiqlik uyni asosan tom, devorlar, derazalar va pol orqali tark etadi, shuning uchun derazalardagi yoriqlarni paxta momig‘i bilan yopish va qog‘oz lenta bilan yopishtirish orqali siz haroratni 1-2 darajaga oshirishingiz mumkin. Kechasi derazalarni qalin pardalar bilan to‘sib qo‘ysangiz, sovuq uyga kirmaydi.

Batareyalardan issiqlik tarqalishini shunchaki dekorativ panjara va pardalarni olib tashlash orqali 10-12 foizga oshirish mumkin, agar radiatorlar qora rangga bo‘yalgan bo‘lsa, bu issiqlik tarqalishini yana 5-10 foizga oshiradi.

Mebelni to‘g‘ri joylashtirish orqali ham xonadagi issiqlik konvensiyasini oshirish mumkin. Shuning uchun radiatorlar va isitgichlar yaqiniga biror jihoz joylashtirmay, uning atrofini ochib qo‘yish kifoya. Shu tariqa haroratni yana 2-3 darajaga oshirish mumkin. Bundan tashqari, polga issiq to‘shama yoki qo‘shimcha gilam to‘shash ham yaxshi samara beradi. 

Mavzuga oid