O‘zbekiston | 07:44 / 13.01.2023
27216
1 daqiqa o‘qiladi

Yunusobodda 17 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yunusobod tumanida yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Foto: Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati

2023 yil 12 yanvar kuni soat 20:40 larda Yunusobod tumani Yangishahar ko‘chasida bir qancha transport vositalari to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Jami 17 ta avtomashina o‘rtasida to‘qnashuv yuz bergan:

  • «Nexia-3» - 2 ta;
  • «Nexia-1» - 2 ta;
  • «Mercedes Bens» - 1 ta;
  • «Best tune T 33» - 1 ta;
  • «Damas» - 1 ta;
  • «Matiz» - 5 ta;
  • «Spark» - 2 ta;
  • «Kia K 5» - 1 ta;
  • «Volsvagen» - 1 ta;
  • «Isuzu» yuk mashinasi - 1 ta.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida 1 nafar haydovchi va yo‘lovchi tan jarohati olgan, ular hozirda shifokorlar nazoratida.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid