Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi “Saxovat” uyida yashovchi qariya o‘ziga bosim bo‘lganini aytdi, rasmiylar rad etdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi “Saxovat” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida qariyalarga bosim bo‘lib, ularga ruhiy tazyiq o‘tkazilayotgani haqida videomurojaat tarqaldi. Kun.uz muxbiri holatni o‘rganish maqsadida shu maskanda bo‘ldi.
Videomurojaatda saxovat uyining kadrlar bo‘limi boshlig‘i, omborxona mudiri va bosh hamshira tomonidan Azimjon Hakimovga bosim bo‘lgani aytilgan.
“Murojaat qilishimga sabab shu muassasadagi kadrlar bo‘limi boshlig‘i, bosh hamshira va omborchi tomonidan o‘zimga va oilam sha’niga noto‘g‘ri gaplar aytishdi. Keliniga osilgan deydimi? Kelinga osilib bo‘ladimi? 68 ga kirdim. Mahallaga ham bora olmay qoldim”, – deydi murojaatchi.

Biroq, muassasada yashayotgan boshqa keksalar biz bilan suhbatda bunday holatga duch kelmaganliklarini, Azimjon Hakimovga nisbatan bosim bo‘lganini internetdagi murojaatdan bilishganini aytishdi.
“Besh qo‘l barobar emas. Bosim yo‘q. Bizlar indamay o‘tirmaymiz, kimgadir bosim bo‘lsa, qarab turmaymiz”, – deya ta’kidladi Komiljon Turg‘unov.


Shu yerda istiqomat qiluvchi Mamarasul Abdurahmonov ham bosimlar bo‘lmasligini bildirdi.
Rasmiylarga ko‘ra, qariyalar uyidagi xodimlar o‘rtasida guruhbozlik yo‘q va bunday murojaat birinchi marta kuzatilyapti. Muassasaning ma’naviyat bo‘yicha o‘rinbosari Hafizaxon Yo‘ldosheva holat yuzasidan izoh berdi.

“Har bir keksaga mana shu yerda ishlaydigan insonlar mehrini beradi. Hattoki ota-onasiga bermagan mehrini beradi. Xodimlar tomonidan esa bosim umuman kuzatilmaydi. Kimdir shubha qilsa, istagan payti kelib o‘rganishi, qariyalar bilan suhbatlashishi mumkin”, – deydi u.
Murojaatchi bir tomonda, muassasadagi qariyalar va xodimlar bir tomonda turibdi. O‘ylaymizki, muassasada tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganish olib boriladi va masalaga to‘la oydinlik kiritiladi.
Abduvali Qurbonov,
Jahongir Turg‘unov.
Mavzuga oid
22:14 / 27.05.2025
«Nasaf» «Andijon»ni mag‘lub etib, O‘zbekiston Superkubogi egasi bo‘ldi
23:01 / 26.05.2025
Andijonda daraxt Cobalt ustiga qulab tushdi
19:26 / 26.05.2025
Andijonda tanishlari orqali 100 ming dollar kredit olib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 24.05.2025