Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent va Buxoro o‘rtasidagi «Afrosiyob» qatnovlari yana 5 kunga to‘xtatildi
Anomal sovuq ob-havo tufayli 15-20 yanvar kuniga belgilangan qatnovlar bekor qilindi.
Toshkent va Buxoro shaharlarini bog‘lovchi tezyurar «Afrosiyob» poyezdi qatnovlari yana besh kunga to‘xtatildi. Bunga O‘zbekistonda davom etayotgan anomal sovuq sabab bo‘ldi, deb xabar berdi «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi».
«Anomal sovuq ob-havo tufayli, yo‘lovchi poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘lovchilarni o‘z manzillariga yetkazish davomida noqulayliklar kelib chiqishining oldini olish maqsadida, «Toshkent – Buxoro – Toshkent» yo‘nalishidagi «Afrosiyob» elektropoyezdi qatnovlarining 16-20 yanvar kunidagi 5 ta reysi bekor qilinadi», deyiladi xabarda.
Xarid qilingan chiptalarni temiryo‘l chiptaxonalarida, elektron chiptalarni chipta.railway.uz saytida 100 foiz qiymatda qaytarish mumkin.
Shu bilan birga, «Afrosiyob» reyslari bekor qilingani sababli, 16-20 yanvar kunlari «Toshkent-Buxoro-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanadigan «Sharq» tezyurar poyezdiga qo‘shimcha to‘rttadan vagon ulanadigan bo‘ldi.
Bundan avval «Afrosiyob» poyezdining Toshkent—Buxoro—Toshkent yo‘nalishida 13-15 yanvar kunlariga belgilangan 3 ta reysi bekor qilingandi.
Mavzuga oid
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi
22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
20:42 / 06.05.2025