Yunusobodda temir to‘siqqa urilib, ag‘darilgan KIA K5 yonib ketdi
Yunusobodda KIA K5 avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 16 yanvar kuni soat 00:20 larda Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasida 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi B.R. KIA K5 rusumli transport vositasini yo‘l qatlami muzlaganini hisobga olmasdan boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan.
IIV xabariga ko‘ra, u yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilib, ag‘darilib ketishi natijasida avtoulovda yong‘in chiqib, yonib ketgan.
YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.

Mavzuga oid

22:06 / 13.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri avtomobillar harakati uchun 2 kunga yopiladi

09:41 / 05.05.2025
«Yunusobod» bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlandi

07:30 / 21.04.2025
Toshkentda ilk jamoatchilik yashil parki ochiladi

22:28 / 16.04.2025