Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xaridlari sohasida insofsiz ijrochilar yagona reyestri shakllantiriladi
Iqtisodiyot va moliya vazirining «Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi buyrug‘i loyihasi e’lon qilindi.
Nizom «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq davlat xaridlari jarayonida Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish, reyestrga davlat xaridlari ijrochilarni kiritish va undan chiqarish tartibini belgilaydi.
Ishtirokchi, g‘olib yoki ijrochi reyestrga vakolatli organ tomonidan: tegishli sudning qaroriga; davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning qaroriga; vakolatli organning xulosasiga asosan kiritiladi.
Arizachi nizomda belgilangan hollarda vakolatli organga ishtirokchi, g‘olib yoki ijrochini reyestrga kiritish yuzasidan murojaat qilishi mumkin.
Vakolatli organ har chorak yakuniga ko‘ra davlat xaridlarining elektron tizimi ma’lumotlaridan foydalangan holda hamda davlat xaridlari jarayonlarini tahlil qilish orqali keltirilgan ma’lumotlar aniqlanganda, ushbu ma’lumotlar asosida xarid qilish tartib-taomillarining g‘olibi, ishtirokchisi yoki ijrochisini reyestrga kiritadi.
Insofsiz ijrochi reyestrga ikki yil muddatga kiritiladi va bu muddat tugaganidan keyin ijrochi reyestrdan chiqarilgan hisoblanadi.
Reyestrga kiritilgan insofsiz ijrochi ikki yil davomida davlat xaridlarida ishtirok etishi taqiqlanadi. Belgilangan tartibda muddatidan avval reyestrdan chiqarilgan hollar bundan mustasno.
Reyestrga kiritilgan insofsiz ijrochi bilan davlat xaridlari to‘g‘risidagi shartnomani tuzganligi uchun davlat buyurtmachisi javobgar hisoblanadi.
Reyestr vakolatli organ tomonidan maxsus axborot portalida yuritiladigan axborot resursidir.
Reyestrdagi ma’lumotlar barcha uchun ochiq bo‘lib, foydalanuvchilar ulardan erkin va bepul tanishib chiqishi va foydalanishi mumkin.
Reyestrda insofsiz ijrochi to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:
- yuridik shaxsning nomi, firma nomi (agar mavjud bo‘lsa), joylashgan yeri (pochta manzili);
- jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi;
- STIR (yuridik shaxslar uchun), JShShIR (jismoniy shaxslar uchun);
- tegishli sudning, davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning qarori yoki vakolatli organning xulosasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- reyestrga kiritish sanasi va asosi;
- reyestrdan chiqarish sanasi va asosi.
Mavzuga oid
11:45 / 20.02.2025
Yagona yetkazib beruvchilar reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi belgilandi
11:38 / 01.02.2025
“Cherry mashinasi bor, ammo...” – muhtoj sifatida nafaqa olayotgan 20 mingdan ortiq oila reyestrdan chiqarildi
13:02 / 30.01.2025
Ukrainaga yetkazilgan harbiy zarar reyestri Rossiyada nomaqbul deb topildi
16:39 / 17.01.2025