O‘zbekiston | 10:43 / 18.01.2023
1927
1 daqiqa o‘qiladi

Bokuda turkiy mamlakatlar hunarmand ayollari ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida «Hunarmand» uyushmasining Namangan viloyati bo‘limi rahbari Zohid Valiyev va Ozarboyjon Xotin-qizlar uyushmasi ijrochi direktori Roza Zarif o‘rtasida hunarmandchilik sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Kun.uz

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Ozarboyjon hunarmandlari o‘rtasida yaqin hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi davlatlararo aloqalarni, jumladan, madaniy-gumanitar almashuvlarni yanada rivojlantirish o‘suvchanligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi

Muzokaralar natijasida tomonlar aprel oyida Boku shahrida turkiy mamlakatlar hunarmand ayollarining xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasiga hamkorlikda tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi. 

Ushbu tadbir vositasida Ozarboyjon aholisini tadbir ishtirokchi mamlakatlarining madaniyati va an’analari bilan tanishtirish, delegatsiya a’zolarining V2V uchrashuvlarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid