“Boshga tushmaguncha bilmas ekanmiz”: dard bilan kurashayotgan 9 yoshli qizaloqqa yordam kerak
Charos endigina 9 yoshga kirdi. Esli-hushli bu qizaloq yosh bo‘lishiga qaramay onasiga ko‘maklashishga urinadi. Yaqinda chaqaloq olib kelishi kerak bo‘lgani uchun onasiga og‘ir ko‘tartirmay, qo‘lidan ishini olardi. Lekin o‘zi ham og‘ir ko‘tarishi mumkin emasligini bilmasdi.
U kurashayotgan dardga chalingan kattalar ham og‘riqlar oldida ojiz ko‘zyosh to‘kadilar. Charos esa ko‘zyoshlarini onasiga ko‘rsatmaslikka tirishadi.
“Katta bo‘lib qo‘limdan ishlarimni olib, mehribon bo‘lib qolgan. Og‘ir yuk ko‘tarishga qo‘ymasdi. O‘shanda qizimning o‘ziga ham og‘ir ko‘tarish mumkin bo‘lmagan ekan. Yosh bolalarning og‘ir kasal bo‘lganini eshitardim, lekin boshiga tushmagunicha bilmaskan odam”, deydi homilador holida qizini ham, qornidagi farzandini ham o‘ylayverib ado bo‘lgan onasi Go‘zal.
“Charos to‘ng‘ich nabiram. Oktyabr oyida jigari shishib qornida suv yig‘ila boshladi. Yigirma kundan keyin Toshkentga olib keldik. Jigar sirrozi deb tashxis qo‘yishdi. Tezda Hindistonga olib borib jigar ko‘chirib o‘tkazish operatsiyasini qilish kerakligini aytishdi.
Dadasi donor bo‘lyapti. Ukasi hamroh bo‘lib boradi. Biletlarni olib qo‘ydik. 1 fevralda ketishi kerak, lekin kerakli mablag‘ni to‘play olmayapmiz. O‘g‘lim maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi, bir shtatga ham yetmaydigan oylik bilan buncha pulni jamg‘ara olmayapti”, deydi buvisi Xolbuvi ona ko‘zyoshlarini tiyolmay.
Albatta, dard ham, shifosi ham Allohdan. Lekin kimdir kimgadir sababchi bo‘ladi. Shuning ortidan ko‘plab savoblarni qo‘lga kiritadi. Imkoningiz bo‘lsa, qizaloqning shifo topishi uchun yordam bering!
Charos Abdumajidovaga oid ma’lumotlar:
Uzcard: 8600 0609 0424 8995 otasi Nodir Tursunboyev nomida
Humo: 9860 0301 4490 4742 onasi Go‘zal Hojiboyeva nomida
Manzil: Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani, Rovot MFY, Istiqlol mahalla 3-uy.
Mavzuga oid
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024