Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dniprodagi raketa hujumi qurbonlari soni 45 kishiga yetdi
Yangilangan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlarining Dniprodagi turar joy binosiga raketa hujumi natijasida 45 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qildi Dnipropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati boshlig‘i Valentin Reznichenko Telegram'da.
Uning so‘zlariga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida olti nafar bola ham bor. Avvalroq 44 kishi halok bo‘lgani va 79 kishi yaralangani haqida xabar berilgan edi.
Ukraina xavfsizlik xizmati ("SBU") 14 yanvar kuni Dniproga amalga oshirilgan va 40 kishining hayotiga zomin bo‘lgan raketa hujumiga aloqador rossiyalik harbiylar shaxsini aniqlaganini ma’lum qildi.
Tergovning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, unda bir necha o‘nlab rossiyaliklar, jumladan 52-og‘ir bombardimonchi aviatsiya polki (33310-harbiy qism), polkovnik Timoshin Oleg Yevgenevich, 52-og‘ir bombardimonchi aviatsiya polki aviatsiya otryadi komandiri mayor Ivanenko Aleksey Sergeyevich, aviatsiya guruhi aviatsiya eskadrilyasining shtabi boshlig‘i Dmitriy Golenkov, 52-og‘ir bombardimonchi aviatsiya polkining shturmani Grigorev Denis Anatolevich, 52-og‘ir bombardimonchi aviatsiya polkining shturmani Nazirov Dinar va 52-og‘ir bombardimonchi aviatsiya polki aviatsiya bo‘yicha muhandisi Potseluyev Yevgeniy ishtirok etgan.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
08:00 / 30.04.2025
Dniproda RF hujumida bir kishi halok bo‘ldi, Xarkivda o‘nlab odamlar jarohatlandi
13:40 / 11.04.2025
Rossiya hujumidan keyin Dniproda kamida sakkiz kishi jarohat oldi
10:10 / 09.04.2025