Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda muzlar tufayli suv toshdi
Yakkabog‘ tumanidagi Samoq mahallasi kanallari suvga to‘lib oqdi, jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani, Samoq mahallasi ichki kanallaridan birida suv toshdi. Bu holat tasvirlangan videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Hodisa 17 yanvar kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan.
Qashqadaryo viloyati FVB xabariga ko‘ra, suv toshqiniga aholining o‘zboshimchaligi va muzlar sabab bo‘lgan.
«Ushbu hudud aholisi o‘zboshimchalik bilan Qizildaryodan foydalanishi ya’ni, suv taqsimlagichini ochishi oqibatida qishloqning ichki kanallaridan suv to‘lib oqishiga sabab bo‘lgan. Qolaversa, muz bo‘laklari to‘planib, suv yo‘nalishini o‘zgarishiga olib kelgan», deyiladi xabarda.
FVB suv toshqini oqibatida moddiy va jismoniy jabrlanganlar yo‘qligini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
14:57 / 19.05.2025
Argentinada suv toshqini tufayli 7500 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi
16:59 / 09.05.2025
“Suv toshishi 24 aprelda boshlangandi” - Buloqboshidan reportaj
22:49 / 08.05.2025