Viloyatlardagi shaharlarning markaziy ko‘chalarida ham harakat tezligi pasaytirildi. Vazirlik ko‘chalar ro‘yxatini keltirdi
Endi bu yo‘llarda avvalgidek 70 km/soat tezlikda yurish jarimaga sabab bo‘ladi.
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar hamda viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
«Yuksalish» milliy harakati raisi Bobur Bekmurodov ushbu qarorni olqishladi.
«Bundan 3 yil oldin biz shaharlarda tezlikni 60km/soatgacha tushirish masalasini ilgari surishni boshlagan edik. Bugun shunday qarorga kelindi. Kech bo‘lsa-da, to‘g‘ri qaror! O‘zbekistonda har kuni o‘rtacha 4-5 kishi avtohalokatlar oqibatida hayotdan ko‘z yumayotganini inobatga olib, muhim qadam deya olamiz. Navbat — shaharlarda jamoat transportini yaxshilash masalasiga!
Shu bilan birgalikda, haydovchilarda norozilik uyg‘otmaslik uchun, ushbu tezlik rejimiga o‘rganish uchun imkoniyat berilishi kerak. Masalan, bir oy davomida tezlikni 70 km/soatgacha oshirgan haydovchilarga birinchi martasiga ogohlantirish berilishi mumkin. Qolaversa, shahar ichida tezlik 60 km/soat ekanligini ko‘rsatib turuvchi beliglarni maksimal darajada joylashtirib chiqish lozim», degan u.
Toshkent shahrida 60 km/soat tezlik belgilangan ko‘chalar:
Kichik halqa yo‘li ichida joylashgan ko‘chalarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi quyidagi ko‘chalarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi:
- O‘zbekiston shoh ko‘chasi (4R176 yo‘lining 0-4,5 km. oralig‘i)
- Ye.Alako‘z ko‘chasi (4R176 yo‘lining 4,5-11,1 km. oralig‘i)
- Xo‘ja ovul kichik aylanma yo‘li ko‘chasi (4R176 yo‘lining 11,1-14 km. oralig‘i)
- A.Dosnazarov ko‘chasi (4R176 «a» yo‘lining 0-10-km. oralig‘i)
- Qoraqalpog‘iston ko‘chasi (4R174 yo‘lining 0-2,5 km. oralig‘i)
- I.Karimov ko‘chasi, M.Jumanazarov ko‘chasi (4R191 yo‘lining 16,3-14,3 km. oralig‘i)
- Xo‘jayli guzari ko‘chasi (4R174 yo‘lining 2,5-5 km. oralig‘i)
- Nukus kichik aylanma yo‘li ko‘chasi (4R191 yo‘lining 1,6-10 km. oralig‘i)
- Taxiatosh guzari ko‘chasi (A-380 yo‘lining 765,2-773 km. oralig‘i).
Toshkent viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko‘chalar:
- Olmaliq shahridagi Mustaqillik ko‘chasi, Totuvli ko‘chasi, Metallurg ko‘chasi (Xitoy devori), Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, Ehtirom ko‘chasi, A.Temur ko‘chasi, Ipak yo‘li ko‘chasi;
- Angren shahridagi Mustaqillik va Obod turmush ko‘chalari;
- Yangiyo‘l shahridagi M-34 «Toshkent-Dushanbe» 25-30 km Samarqand ko‘chasi;
- Bekobod shahridagi G‘.G‘ulom ko‘chasi, Me’mor ko‘chasi, Turon ko‘chasi, 4R20 «Qorasuv q.-Bo‘ka sh.-Bekobod sh.» 101 km;
- Chirchiq shahridagi G‘alabaning 50 yilligi ko‘chasi, A.Temur ko‘chasi, Zakovat ko‘chasi, G‘.Xo‘jayev ko‘chasi, A.Qodiriy ko‘chasi, Tiklanish ko‘chasi;
- Bo‘ka tumanidagi 4R20 «Qorasuv q.-Bo‘ka sh.-Bekobod sh.» 33-37 km oralig‘i;
- Nurafshon shahridagi 4R22 «To‘ytepa sh.-Oqqo‘rg‘on sh.-Yangiyo‘l sh.» 0-5 km, 4R2 «Toshkent-To‘ytepa sh.» 28-35 km, 4R14 «G‘azalkent sh.-Chirchiq sh.-Yangibozor q.-Jumabozor q.-O‘rtasaroy q.-To‘ytepa sh.» 70-72 km, 4R19 «To‘ytepa sh.(4R2 avtoyo‘li 35 km)-Piskent sh.-A373 avtoyo‘li» avtomobil yo‘lining 0-5 km. oralig‘i;
- Bekobod tumanidagi 4R20 «Qorasuv q.-Bo‘ka sh.-Bekobod sh.» 84-85 km, 4K 786 «Bekobod sh.-O‘zbekiston f.x.-Mallaboy q.-Zafar sh.» 21-25 km. oralig‘i;
- Ohangaron tumanidagi Nurobod qo‘rg‘oni ko‘chasi;
- Bo‘stonliq tumanidagi 4N742 avtomobil yo‘lining Abdukarimov ko‘chasi;
- Piskent tumanidagi 4R19 «To‘ytepa sh.(4R2 avtomobil yo‘li 35 km)-Piskent sh.-A373 avtomobil yo‘li»;
- O‘rta Chirchiq tumanidagi 4R2 «Toshkent sh.-To‘ytepa sh.-A373» avtomobil yo‘li 26-28 km.;
- Yuqori Chirchiq tumanidagi 4R15 «A373 avtomobil yo‘li (42 km) Qiziltog‘ sh.-Parkent sh.-Yangibozor q.» avtomobil yo‘lining 68-69 km., 4R14 «G‘azalkent sh.-Chirchiq sh.-Yangibozor q.-Jumabozor q.-O‘rtasaroy qishlog‘i-To‘ytepa shahri» avtomobil yo‘lining 22-60 km., 4R16 «Bektemir-Chirchiq» avtoyo‘li-Bordonko‘l q.-Jumabozor q.-Qiziltog‘ sh.» avtomobil yo‘lining 0-23 km, 4K719 «Yangibozor q.-Qirg‘izovul q.-Achchiqsoy q.-Parkent sh.» avtomobil yo‘lining 0-6 km., 4K723 «Yangibozor shaharchasi-Arganchi q. -Mamut q.» avtomobil yo‘lining 0-22 km.;
- Chinoz tumanidagi M-34 «Toshkent-Dushanbe» avtomobil yo‘lining 63-64 km;
- Parkent tumanidagi 4R15 «A373 avtomobil yo‘li (42 km) Qiziltog‘ sh.-Parkent sh.-Yangibozor q.» avtomobil yo‘lining 52-57 km;
- Toshkent tumanidagi 4R4 «Toshkent sh.-Keles sh.-Qozoqkensoy q.-M39 avtomobil yo‘li (820 km)» 3-4 km., 4R3 «Toshkent sh.-Mineral suvlar sihatgohi-Abay q. (O‘zbekiston Respublikasi hududi)» avtomobil yo‘lining 8-15 kilometrlari.
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida 60 km/soat tezlik belgilangan ko‘chalar:
- O‘zbekiston shoh ko‘chasi;
- I.Karimov ko‘chasi;
- Xondamir ko‘chasi;
- Sayxun ko‘chasi;
- Birlashgan ko‘chasi.
Jizzax viloyatining Jizzax shahrida 60 km/soat tezlik belgilangan ko‘chalar:
- Mustaqillik ko‘chasi;
- Sh.Rashidov ko‘chasi;
- I.Karimov ko‘chasi;
- A.Navoiy ko‘chasi.
Samarqand viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko‘chalar:
- Samarqand shahri M37A «Samarqand halqa yo‘lining» 40-43 km oralig‘i, Afrosiyob, Dahbed va Gagarin ko‘chalari;
- Kattaqo‘rg‘on shahridagi A.Temur, Samarqand, U.Barnoyev ko‘chalari;
- Urgut tumanidagi 4P47 «Bulung‘ur-Urgut-M39» avtomobil yo‘lining 57-64 km oralig‘i, 4P50 «Toyloq-Urgut» avtomobil yo‘lining 22-24 km oralig‘i, 4K522 «Urgut-Pochvon-Ustaxona» avtomobil yo‘lining 0-2 km oralig‘i;
- Bulung‘ur tumani 4P47 «Bulung‘ur-Urgut-M39» avtomobil yo‘lining 0-5 km oralig‘i;
- Toyloq tumani A-377 «Samarqand-Ayniy» avtomobil yo‘lining 2-9 km oralig‘i.
Farg‘ona viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko‘chalar:
- Farg‘ona shahridagi I.Karimov halqa yo‘li avtomobil yo‘lining (1.8 km. qismi, Mustaqillik-Aeroport ko‘chalari (TATU) chorrahasidan, A.Navoiy-Aeroport ko‘chlari chorrahasi (777) orqali, Oybek-I.Karimov kichik halqa yo‘li chorrahasi (Vika)gacha), Al-Farg‘oniy ko‘chasi (1 km. qismi ya’ni Al.Farg‘oniy-Shukrona ko‘chalari (QQBank) chorrahasidan, Al.Farg‘oniy-Sayilgoh ko‘chalari chorrahasigacha), B.Marg‘iloniy ko‘chasi (1.5 km qismi ya’ni B.Marg‘iloniy-Universitet ko‘chalari (Aloqa bank) chorrahasidan, B.Marg‘iloniy-A.Navoiy ko‘chalari (Aziya mexmonxona) chorrahasigacha), S.Temur ko‘chasi (1.5 km qismi ya’ni S.Temur-Mustaqillik ko‘chalari (Muhayyo) chorrahasidan S.Temur-Oybek ko‘chalari (Rishton choyxona) chorrahasigacha), Quvasoy ko‘chasi (1.7 km qismi ya’ni Quvasoy-Istiqlol-Yuksalish ko‘chalari (5-maktab) chorrahasidan, Quvasoy-To‘maris ko‘chalari chorrahasigacha);
- Marg‘ilon shahridagi Xiyobon ko‘chasi (1.9 km qismi ya’ni Xiyobon-Yangi Marg‘ilon ko‘chalari chorrahasidan Xiyobon-Mustaqillik ko‘chalari (Stansiya) chorrahasigacha), Mustaqillik ko‘chasi (1.9 km qismi ya’ni Mustaqillik-A.Yassaviy ko‘chalari chorrahasidan, Mustaqillik-A.Navoiy ko‘chalari (O‘ram) chorrahasigacha), A.Yassaviy ko‘chasi (3 km qismi ya’ni Mustaqillik-Ahmad Yassaviy ko‘chalari chorrahasidan, Ahmad Yassaviy-Usmon Nosir ko‘chalari (LADA magazin) chorrahasigacha), B.Marg‘iloniy ko‘chasi (2 km qismi ya’ni B.Marg‘iloniy ko‘chasi Akvapark chorrahasidan, Turkiston-B.Marg‘iloniy ko‘chalari (Oqmasjid) chorrahasigacha), Turkiston ko‘chasi (2 km qismi ya’ni Turkiston-Yovqasar ko‘chalari (8-maktab) chorrahasidan, Turkiston-B.Marg‘iloniy ko‘chalari (Oqmasjid) chorrahasigacha);
- Qo‘qon shahridagi Sarboz ko‘chasi (1.6 km qismi ya’ni Sarboz-Guzar ko‘chalari (shahar Gaz) chorrahasidan, Saboz-Po‘stindo‘z ko‘chalari (Altayir kafe) chorrahasigacha), A.Temur ko‘chasi (1.1 km qismi ya’ni Amir Temur -Sharof Rashidov ko‘chalari (shahar DXX) chorrahasidan, Amir Temur-Guzar ko‘chalari (shahar GAZ) chorrahasigacha), Turkiston ko‘chasi (1.5 km qismi ya’ni Shohruxobod -Turkiston ko‘chalari (ChPK) chorrahasidan, Guzar-Turkiston ko‘chalari (6-maktab) chorrahasigacha), Turon ko‘chasi (1.6 km qismi ya’ni Turon -Guzar ko‘chalari (G‘ishtli masjid) chorrahasidan, Turon-Isiqlol ko‘chalari (shahar hokimiyati) chorrahasigacha).
Namangan viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko‘chalar:
Namangan shahar hududida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Andijon viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko‘chalar:
- Andijon shahridagi O‘zbekiston, Boburshoh, Toshkent, Usmon Yusupov, A.Fitrat, Dukchi Eshon, Universitet, Mashrab, Muqumiy, Furqat, Yu.Otabekov, Nayman, Cho‘lponshoh va Soy ko‘chalari;
- Andijon tumanidagi Poloson mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-130 «Andijon halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 8-10-km oralig‘i), Chem mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-112 «Farg‘ona halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 154-156 km oralig‘i), Mart mahallasi (mahalliy ahamiyatdagi 4N-1084 avtomobil yo‘lining 1-2 km oralig‘i), Sanoat mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 «Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on-Andijon shahar» avtomobil yo‘lining 81-83 km oralig‘i), Sho‘ro mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 «Namangan-Uychi-Uchqo‘rg‘on-Andijon shahar» 13-15 km oralig‘i);
- Asaka tumanidagi Imom Buxoriy ko‘chasi (davlat ahamiyatidagi 4R-112 «Farg‘ona halqa» avtomobil yo‘lining 161-165 km oralig‘i), Umid ko‘chasi (davlat ahamiyatidagi 4R-138 «Shahrixon sh.-Asaka sh.-Marhamat sh.-Qizilqiya q.» avtomobil yo‘lining 20-24 km oralig‘i);
- Baliqchi tumani markazi (davlat ahamiyatidagi 4R112 «Farg‘ona halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining - 101-106 km oralig‘i), Chinobod shaharchasi (davlat ahamiyatidagi 4R112 «Farg‘ona halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining - 113-118 km oralig‘i);
- Buloqboshi tumanidagi M.Ismoiliy ko‘chasi (davlat ahamiyatidagi 4R-251 «Toshkent-O‘sh a/yo‘li-Buloqboshi q.» avtomobil yo‘lining 8-10 km oralig‘i), tuman hududi orqali o‘tgan 4R 137 avtomobil yo‘li (davlat ahamiyatidagi 4R-137 «Xo‘jaobod q.-Buloqboshi q.-Kulla q.-O‘qchi q.» avtomobil yo‘lining 4-7 km oralig‘i);
- Bo‘ston tumani hududidan o‘tgan halqaro ahamiyatdagi A373 avtomobil yo‘lining 393-396 km oralig‘i, davlat ahamiyatidagi 4R128 Bo‘z sh.-O‘rmonbek q.-Baliqchi q. avtomobil yo‘lining 0-4 km oralig‘i;
- Xo‘jaobod tumani hududi orqali o‘tgan A-373 avtomobil yo‘li (xalqaro ahamiyatdagi A-373 «M39 avtoyo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘lining 441-443 kmlari oralig‘i) (Hayvonot bog‘i), tuman hududi orqali o‘tgan A-373 avtomobil yo‘li (A-373 «M39 avtoyo‘li-Guliston-Bo‘ka-Angren-Qo‘qon va Andijon orqali-O‘sh» avtomobil yo‘lining 453-455 kmlari oralig‘i) (Markaz);
- Izboskan tumanidagi To‘rtko‘l mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 «Namangan sh.-Uychi sh.-Uchqo‘rg‘on sh.-Haqqulobod sh.-Poytug‘ sh.-Andijon sh.» avtomobil yo‘lining - 67-68 km oralig‘i), Oqoltin mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-116 «Namangan sh.-Uychi sh.-Uchqo‘rg‘on sh.-Haqqulobod sh.-Poytug‘ sh.-Andijon sh.» avtomobil yo‘lining - 76-78 km oralig‘i);
- Jalaquduq tumanidagi 4R-249 avtomobil yo‘li (davlat ahamiyatidagi 4R-249 «Quruqqayrag‘och q.-Janubiy Olamushuk sh.-Oxunboboyev sh.» avtomobil yo‘lining 20-22 km.lari oralig‘i), tuman hududidan o‘tgan 4K 72 avtomobil yo‘li (mahalliy ahamiyatdagi 4K-72 «Ko‘tarma q.-Oxunboboyev sh.-Qo‘rg‘ontepa sh.-Chimyon q.-Panjiqo‘rg‘on q.» avtomobil yo‘lining 9-11 km.lari oralig‘i), tuman hududidan o‘tgan 4R 248 avtomobil yo‘li (davlat ahamiyatidagi 4R-248 «Andijon sh.-Janubiy Olamushuk sh.-Oyim q.-M-41 avtoyo‘li» avtomobil yo‘lining 22-23 km oralig‘i);
- Marhamat tumani davlat ahamiyatidagi 4R-138 «Shahrixon sh.-Asaka sh.-Marhamat sh.-Qizilqiya q.» avtomobil yo‘lining 31-35 km oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi 4R-140 avtomobil yo‘li «Marg‘ilon sh.-Quva sh.-Marhamat sh.-Aravon q.» avtomobil yo‘lining 51-53 km oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi 4R-137 avtomobil yo‘li Xo‘jaobod q.-Buloqboshi q.-Kulla q.-O‘qchi q. avtomobil yo‘lining 24-25 km oralig‘i (O‘qchi qishlog‘i);
- Oltinko‘l tumani davlat ahamiyatidagi 4R-112 «Farg‘ona halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 133-135 km oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan 4R-112 «Farg‘ona halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 122-123 km oralig‘i (Qo‘shtepa markazi);
- Paxtaobod tumani To‘pobjuvoz mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R132 «Poytug‘ sh.-Qizil ko‘prik q.-Paxtaobod sh.-Bozorqo‘rg‘on q.» avtomobil yo‘lining - 20-24 km oralig‘i), Madaniyat mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-133 «Paxtaobod sh.-Madaniyat q.» avtomobil yo‘lining - 20-24 km oralig‘i), Uchqo‘rg‘on mahalasi (4R-133 Paxtaobod shahriga kirish avtomobil yo‘lining - 5-20 km oralig‘i);
- Qo‘rg‘ontepa tumani davlat ahamiyatidagi 4R-136 «Ko‘tarma q.- «Qorasuv-Xonobod» avtoyo‘li-Topolino q.» avtomobil yo‘lining 19-21 km.lari oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan davlat ahamiyatidagi 4R-135 «Andijon sh.-Teshiktosh q.-Oyim q.-Qo‘rg‘ontepa q.-Jalolquduq q.-A-373 a/yo‘li» avtomobil yo‘lining 48-51 km.lari oralig‘i (tuman markazi), tuman hududidan o‘tgan 4R-136 «Ko‘tarma q.-«Qorasuv-Xonobod» avtoyo‘li-Topolino q.» avtomobil yo‘lining 33-35 km oralig‘i (Qorasuv sh. markazi);
- Shahrixon tumani Naynavo mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-138 «Shahrixon sh.-Asaka sh.-Marhamat sh.-Qizilqiya q.» avtomobil yo‘lining 4-12 km oralig‘i), Nazarmahram mahallasi (4R-139 12 km oralig‘i), Vahim mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-112 «Shahrixon shahriga» avtomobil yo‘lining - 9-10 km oralig‘i);
- Ulug‘nor tumani Oq oltin mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-127 «Marg‘ilon sh.-Soybo‘yi q.» avtomobil yo‘lining - 31-34 km oralig‘i), Oq oltin mahallasi (davlat ahamiyatidagi 4R-141 «Shtab q.-Ulug‘nor q.» avtomobil yo‘lining - 2-16 km oralig‘i);
- Xonobod shahri ichki yul Mustaqillik mahallasi Obod ko‘chasi 1 km. (Kashtan savdo markazi oldi), Anhor mahallasi I.Karimov ko‘chasi (3 km. oralig‘i).
Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahrida 60 km/soat tezlik belgilangan ko‘chalar:
- I.Karimov ko‘chasi;
- Nasaf ko‘chasi;
- Mustaqillik ko‘chasi.
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 60 km/soat tezlik belgilangan ko‘chalar:
- Shukrona ko‘chasi;
- Taraqqiyot ko‘chasi;
- Tohariston ko‘chasi;
- Yoshlar ko‘chasi;
- Fidokor ko‘chasi;
- I.Karimov ko‘chasi;
- Barkamol avlod ko‘chasi;
- Istiqlol ko‘chasi;
- Beruniy ko‘chasi;
- Mehridaryo ko‘chasi;
- Shimoliy Darvoza ko‘chasi;
- A.Temur ko‘chasi;
- Al-Hakim at-Termiziy ko‘chasi;
- Navbahor ko‘chasi;
- A.Navoiy ko‘chasi;
- Ibn-Sino ko‘chasi.
Buxoro viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko‘chalar:
- Buxoro shahridagi I.Karimov ko‘chasi, M.Iqbol ko‘chasi, Namozgoh ko‘chasi, Ibn-Sino ko‘chasi, B.Naqshband ko‘chasi, Navoiy shoh ko‘chasi, G‘ijduvon ko‘chasi;
- Kogon shahridagi Buxoro shoh ko‘chasi, M.Tarobiy ko‘chasi;
- G‘ijduvon tumanidagi A.G‘ijduvoniy ko‘chasi, Yu.Hamadoniy ko‘chasi;
- Qorako‘l tumanidagi M.Ulug‘bek ko‘chasi, Toshkent ko‘chasi;
- Jondor tumanidagi M.Tarobiy ko‘chasi, Zarafshon ko‘chasi, Istiqlol ko‘chasi, S.Ayniy ko‘chasi;
- Olot tumanidagi Olot shoh ko‘chasi.
Navoiy viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko‘chalar:
Navoiy shahridagi G‘alaba shoh ko‘chasida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Xorazm viloyatida 60 km/soat tezlik belgilangan ko‘chalar:
Urganch shahri hududida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.
Mavzuga oid
15:28 / 22.11.2024
Svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan Malibu piyodani urib yuborishiga oz qoldi
20:04 / 21.11.2024
Otasining yoniga ko‘milgan qizaloqlar: opa-singil mast “poygachi”ning qurboni bo‘ldi
11:28 / 21.11.2024
Farg‘onada sodir bo‘lgan YTHda voyaga yetmagan qiz halok bo‘ldi
16:02 / 20.11.2024