Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boltiqbo‘yidagi eng yirik farmatsevtika kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi
O‘zbekistonning Latviyadagi elchisi Qadamboy Sultonov Olainfarm kompaniyasi direktorlar kengashining raisi Yuris Bundulis bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Olainfarm o‘rtasidagi sarmoyaviy hamda texnologik hamkorlik masalalari, shuningdek, mahalliylashtirish darajasini chuqurlashtirgan holda qo‘shma sanoat kooperatsiyasini yo‘lga qo‘yish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Tomonlar transport-logistika masalalarini tezkorlikda hal etishda faol hamkorlik qilish yuzasidan fikr almashdilar.
Olainfarm shirkati rahbarlari investitsiya, texnologik va ta’lim sohasidagi hamkorlikni oshirish orqali Olainfarm kompaniyasining O‘zbekistonda uzoq muddatli mavjudligini kengaytirish istiqbollariga ishonch bilan qarashi bildirildi. Latviya tomoni ilg‘or Yevropa standartlari asosida mahalliy kadrlar tayyorlash dasturini kengaytirishni maqsad qilgani qayd etildi.
Mavzuga oid
15:12 / 15.05.2025
Yevrokomissiya Pfizer bilan vaksinalar bo‘yicha yozishmalar ishida yutqazdi
14:43 / 10.05.2025
Germaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Boltiqbo‘yida xavfsizlikni mustahkamlash niyatida
16:46 / 02.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston Xitoyga dori-darmon xomashyosi eksporti bo‘yicha yetakchilar qatoriga kirdi
21:39 / 22.04.2025