Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londonda O‘zbekiston-Britaniya savdo va sanoat kengashi majlisi o‘tkaziladi
Buyuk Britaniya Xalqaro savdo vazirligi bosh direktori Endryu Mitchell va O‘zbekiston elchisi Said Rustamov muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
“Dunyo” xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi yuqori darajadagi va institutsional muloqotni yanada rivojlantirish, savdo, investitsiya va moliya sohalaridagi hamkorlik bo‘yicha yangi imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsad qilingan.
Endryu Mitchell O‘zbekistonda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy muhitni yanada yaxshilash, eksport bozorlarini diversifikatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoniga baho berar ekan, ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasida ulkan imkoniyatlar mavjudligini qayd etdi.
Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Britaniya savdo va sanoat kengashi navbatdagi majlisini joriy yilda London shahrida o‘tkazish hamda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator tashriflar va taqdimot tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid
11:43 / 26.05.2025
Faqat milliy mahsulotlar sotiladigan savdo markazlari ishga tushiriladi
14:34 / 20.05.2025
YeI va Britaniya mudofaa va savdo hamkorligini tiklaydi
00:11 / 13.05.2025
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
15:16 / 10.05.2025