Fan-texnika | 22:17 / 19.01.2023
71872
1 daqiqa o‘qiladi

Tecno cho‘ziluvchan ekranli g‘ayrioddiy smartfonni namoyish etdi 

Bir qarashda oddiy smartfon, ammo uni buklash va cho‘zish, natijada planshetga aylantirish mumkin. 

Foto: Tecno

Xitoyning Tecno brendi Phantom Vision V konseptual modeli ko‘rinishidagi bukiluvchan smartfon haqidagi tasavvurini taqdim etdi. 

GSMArena portali ma’lumotlariga ko‘ra, allaqachon sotuvga chiqqan bukiluvchan ekranli modellardan farqli o‘laroq, Tecno smartfonini cho‘zish, natijada 10,1 dyuymli planshetga aylantirish mumkin. 

Qurilmaning displeyi, brendga ko‘ra, 11 qatlamdan iborat bo‘lib, bu «o‘ta moslashuvchanlik va chidamlilikni» ta’minlaydi. Smartfon korpusi aerokosmik titandan ishlab chiqarilgan bo‘lib, juda bardoshli va yengil. 

Tecno bunday smartfon sotuvda qachon paydo bo‘lishini (agar paydo bo‘lsa) ma’lum qilmagan. Displeyni cho‘zish usuli allaqachon boshqa brendlarning konseptual mahsulotlarida qo‘llanilgan. Biroq, hali hech kim tomonidan ommaviy ishlab chiqarilmagan.

Mavzuga oid