Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston O‘zbekistonga qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazib berishni boshladi
Tojikistondan import qilinayotgan elektr energiyasi Surxondaryo viloyatidagi iste’molchilarga uzatilmoqda.
Aholi va ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida qo‘shni Tojikistondan Surxondaryoga qo‘shimcha elektr energiyasi yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ viloyat filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 18 yanvar kuni Sho‘rchi, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on tumanlari 70 foiz, Bandixon, Qiziriq, Sherobod tumanlari 90 foiz va Boysun Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari to‘liq Tojikistonning «Regar-500» podstansiyasidan chiquvchi 220kVli L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlari orqali kuchlanish bilan ta’minlangan.
Viloyatning Termiz, Jarqo‘rg‘on tumanlarining 30 foiz, Muzrabot, Angor, Sherobod tumanlarining 10 foiz hamda Termiz shahridagi barcha iste’molchilari 196 MVt yuklama bilan O‘zbekiston orqali kuchlanish bilan ta’minlanmoqda.
«Tojikistonning «Regar-500» podstansiyasidan chiquvchi 220kVli L-Regar-Zarchop va L-Regar-Sherobod elektr uzatish tarmoqlarining har biridagi simning yuklamani ko‘tarish qobiliyati 250 MVtga mo‘ljallangan.
Ularining birortasi favqulodda o‘chib qolish holatlari yuz bergan vaqtlarda energosistemani saqlab qolish maqsadida Sho‘rchi, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on, Bandixon, Qiziriq, Sherobod, Boysun, Sariosiyo, Uzun, Denov tumanlari bo‘yicha Janubiy mintaqaviy dispetcherlik boshqarmasi dispetcherlarining topshirig‘i va Surxondaryo hududiy dispetcherlik bo‘limi dispetcherining farmoyishi bilan tumanlarning o‘zidan tasdiqlangan cheklash grafigiga asosan 6-10 kVli fiderlardan soatiga 70-80 MVt dan cheklash olib borish taqozo etiladi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi
14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
19:11 / 31.03.2025