Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya qishloq xo‘jaligiga O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb etiladi
O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi vakillari va britaniyalik ish beruvchilar ishtirokida gibrid formatda uchrashuv tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Muloqot davomida 2023 yilda Britaniya hukumati tomonidan mavsumiy xorijiy mehnat migrantlari uchun ajratilgan 45 mingta kvota doirasida O‘zbekistondan ishchi kuchini jalb etish, mehnat muhojirlariga yaratiladigan shart-sharoitlar, ularning huquq va manfaatlari yuzasidan fikr almashildi.
Britaniya Ish beruvchilar assotsiatsiyasi rahbari Devid Kemp bu sohada O‘zbekiston bilan hamkorlik qilish ikki tomon uchun manfaatli bo‘lishini ta’kidladi. Uning aytishicha, hozirgi kunda Britaniyada ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyoj oshib borayotgani sababli hukumat tomonidan ajratilgan kvota doirasida O‘zbekistondan mehnat migrantlarini mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb etish imkoniyati mavjud. Bu borada Britaniyaning rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada jadallashtirish kerak.
Soncordia kompaniyasi direktori Simon Bovyyer, o‘z navbatida, 2021-2022 yillar davomida mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston bilan amalga oshirilgan samarali hamkorlik natijasida 2023 yilda o‘zbekistonlik mehnat migrantlarini ish bilan ta’minlashga tayyorligini aytdi.
Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, ikki tomonlama memorandum loyihalarini ishlab chiqish va imzolashga kelishib olindi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
17:00 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
09:22 / 23.05.2025