Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3 ta hududda 641 ming kub metr tabiiy gaz o‘g‘irlangani fosh etildi
Davlat va jamiyat manfaatlariga qariyb 650 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Ohangaron, G‘ijduvon va Qarshi tumanlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Ohangaron tuman bo‘limi tomonidan “Toshkenttumangaz” GTF tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda “M.B.” MChJ rahbari A.G. “Yonariq” MFYdagi ishlab chiqarish sexini o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulab, 270,2 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan. Buning oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 270,5 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Departamentning G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan “Hududgaz Buxoro” GTF tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa “S.S.” MChJ rahbari S.H. korxonaga qarashli issiqxonani o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulab olgani ma’lum bo‘lgan. Oqibatda 186,9 mln so‘mlik 186,9 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Shuningdek, departamentning Qarshi tuman bo‘limi tomonidan “Hududgaz Qashqadaryo” GTF tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda fuqaro Yu.D. “Istiqlol” MFYdagi xonadonidagi issiqxonani o‘zboshimchalik bilan gaz tarmog‘iga ulab, 184,6 mln so‘mlik 184,3 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) va 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
11:51 / 28.03.2025
Gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov qilinganda 2 oy eski tariflar amal qiladi
20:39 / 26.03.2025
Prezident tabiiy gaz va elektrni iqtisod qilish bo‘yicha qo‘shimcha topshiriqlar berdi
19:06 / 03.03.2025