O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlarni tarmoqdan uzish boshlanadi
Elektr uzilishlarining oldini olish uchun iste’molchilarga hisoblarini to‘ldirish tavsiya etiladi. Buni mobil ilovalar orqali ham amalga oshirish mumkin.

Foto: Hududiy elektr tarmoqlari
27 yanvardan elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi — ASKUE qayta ishga tushiriladi. «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati xabar berishicha, qarzdorligi mavjud iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uziladi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ joriy yilning 27 yanvar kunidan boshlab elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) qayta ishga tushirilishini ma’lum qiladi.
Mazkur tizimning qayta ishga tushirilishi natijasida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishining oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali uydan chiqmasdan turib to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati mavjudligini yana bir bor eslatib o‘tamiz», deyiladi xabarda.
Qarzdorligi mavjud iste’molchilar avtomatik tarzda tarmoqdan uzilishi ma’lum qilingan.
Respublika bo‘ylab kuzatilgan anomal sovuq ob-havo sabab elektr energiyasi va gaz bo‘yicha qarzdorlik uchun uzilishlar to‘xtatilgan edi.
Mavzuga oid

12:00 / 09.04.2025
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xitoyning energetik kompaniyalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytiradi

23:55 / 08.04.2025
O‘zbekistonda 1 maydan elektr energiyasi uchun yangi tarif joriy etiladi

14:32 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi

17:00 / 02.04.2025