Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya Afg‘onistondagi mavjud vaziyatni muhokama qildi
Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston va Turkiya TIV rahbarlari Baxtiyor Saidov va Mavlud Chavusho‘g‘lining ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mavlud Chavusho‘g‘li O‘zbekistonning IHTga raisligi Tashkilot doirasidagi o‘zaro manfaatli sheriklikni mustahkamlash, uning jahon maydonidagi nufuzini oshirishga xizmat qilganini ta’kidladi.
Bo‘lajak ikki tomonlama tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasidagi Strategik rejalashtirish guruhi hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishlarini o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Afg‘onistondagi mavjud vaziyat va mintaqaviy siyosatning boshqa masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar almashuvni kengaytirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
11:30 / 26.05.2025
Samarqand Islom dunyosining madaniyat poytaxtiga aylanadi
16:13 / 29.04.2025
Toshkentda Gretsiya elchixonasi ochildi
08:20 / 26.04.2025
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi
08:42 / 24.04.2025