Sariosiyo tumaniga yangi hokim tayinlandi
Prokuror tuman hokimiga aylandi.

Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Abdisalom Pardayevich Xo‘jaqulov vazifasidan ozod etildi. Tuman hokimi lavozimiga Donayev Abduqodir Haydarovich tasdiqlandi.
Abduqodir Donayev 1981 yil 8 avgustda Muzrabot tumanida tug‘ilgan. 2005 yil Toshkent davlat yuridik institutini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.
A.Donayev 2005-2022 yillarda Prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2022 yildan buyon Toshkent shahar Yashnobod tumani prokurori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shu tariqa, Surxondaryo viloyatiga To‘ra Bobolov hokimlik qilgan davrida ishlagan navbatdagi tuman hokimi ishdan ketdi. Abdisalom Xo‘jaqulov 2021 yil mayida Sariosiyo tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.
Bunga qadar viloyatning Angor, Termiz, Muzrabot, Jarqo‘rg‘on va Sho‘rchi tumanlarida ham yangi hokimlar ish boshlagandi.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yil dekabrida Toshkent shahri prokurori Ulug‘bek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi lavozimini egallagandi.
Mavzuga oid

15:28 / 19.05.2025
Surxondaryoda 11 nafar o‘qituvchi 2 ming dollardan ko‘p maosh olayotgani aytildi. Prezident buni Britaniya bilan taqqosladi

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025